4. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tkaziladigan joylar
Talabaning bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bazasi tijorat banklari tizimida va/yoki ularning filiallarida tashkil etiladi. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tishda aniq tijorat banki yoki uning filiali bilan tegishli shartnoma tuziladi. Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda tijorat banklari yoki uning filiallari talabalarga tegishli bank bo‘limlarida amaliyotni o‘tishni tashkil etadi. Talaba bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti tijorat banki yoki uning filialining tashkiliy tuzilmasidan qat’iy nazar Dasturda ko‘zda tutilgan masalalarni to‘liq o‘rganib chiqishi shart.