5.2. Amaliyot rahbarining vazifalari
Birinchi kurs talabasining bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti «Bank ishi» kafedrasining qarori bilan tasdiqlangan yuqori malakali professor-o‘qituvchisi rahbarlik qiladi.
Amaliyot rahbari talabani bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tkazish qoida tartiblari bilan tanishtiradi, unga kerakli ko‘rsatmalar va maslahatlarni amaliyotgacha bo‘lgan hamda amaliyot davrida berib boradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot o‘tishi mo‘ljallangan banklari bilan amaliyot o‘tish shartnomalarini oldindan tuzadi va undan kelib chiqqan holda talabaning samarali amaliyotni o‘tish sharoitini yaratib berishda bosh-qosh bo‘ladi.
Amaliyot rahbari talaba bilan bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti boshlanishidan oldin malakaviy amaliyot taqvimi, mavzu ish rejasini birgalikda tuzadi va bir tomonlama tasdiqlaydi. Uni tasdiqlovchi ikkinchi tomon malakaviy amaliyot o‘tiladigan bankdan tayinlangan amaliyot rahbari bo‘lib hisoblanadi. Amaliyot rahbari taqvim ish rejasida bajarilishi shart bo‘lgan vazifalarni talabaga aniq ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Rejada vazifalar qaysi bo‘limda necha soat davomida bajarilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bo‘yicha rahbar javobgar shaxs sifatida talaba bilan banklarda uchrashib turishi malakaviy amaliyotni konkret vaziyatlardan kelib chiqqan holda, o‘tish va amaliyotni tashkil etish, yig‘ilib qolgan muammolarni joyda hal etish borasida talabaga yaqindan turib yo‘llanmalar berish vazifasini bajarishi shart.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti davomida ilmiy rahbar taqvim ish rejasi asosida talaba tomonidan amaliyotning sifatli o‘tilishini nazorat qilib turishi shart.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tiladigan joyning ichki tartiblarini e’tiborga olgan holda, talaba tomonidan bosqichma-bosqich bajariladigan ishlarini taqsimlab berishi va unga hisobotni dastur asosida yozilishiga yordam berishi muhimdir.
Shuningdek uning vazifalariga quyidagilar ham kiradi:
- talabaning amaliyot joyidan belgilangan rahbari bilan bog‘lanib, talaba tomonidan taqvim ish rejasini bajarilishini nazorat qilish;
- talaba tomonidan amaliyotda to‘plangan ma’lumotlarini tartibga keltirib berish;
- yozib borilayotgan hisobotning majmuasining to‘g‘ri tuzilishiga va yozilishiga ko‘rsatmalar berib borish;
- kafedra mudirining yoki kafedraga shu masalaga qaratilgan majlisida qabul qilingan qarorlari asosida qo‘shimcha ko‘rsatmalarni bajarish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |