1. Umumiy qoidalar.
O‘quv malakaviy amaliyot oliy ta’limning 230000 «Iqtisod» sohasi 5230700 «Bank ishi va auditi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi 1 kurs talabalarining ikkinchi o‘quv semestridan so‘ng 4 hafta davomida 144 soat miqdorda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Malakaviy amaliyot Davlat ta’lim standartlari va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizomi hamda mazkur dasturga asosan tashkil etiladi.
Malakaviy amaliyot ixtisoslik fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan va bevosita banklarda o‘tkaziladigan ta’lim jarayonidir.
E’tirof etish joizki, “Bank ishi va auditi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabada professional tayyorgarlik darajasini shakllantirish bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bilan boshlanadi. Mazkur amaliyot olingan nazariy bilimlarning tijorat banki faoliyatining amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti, shuningdek, Markaziy bank Bosh boshqarmalari va nobank kredit tashkilotlarida individual dastur asosida o‘tkazilishi mumkin.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti talabalarning kredit tashkilotlaridagi amaliy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan holda ularning professional tayyorgarlik darajasini oshirishi lozim.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti yakuniga kelib, talabalar bank faoliyati asoslarini bilishi zarur.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan banklarning amaliy faoliyati asoslari bilan tanishish, zaruriy tahliliy va hisobot hujjatlarini yig‘ish, bank ishini tashkil qilish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bevosita banklarda o‘tkaziladigan ta’lim jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |