5.1. Talabaning huquq va majburiyatlari.
Amaliyot bazasiga yetib kelgan talaba bank va/yoki uning filiadagi texnika va mehnat xavfsizligi talablari, ichki tartib mezonlari bilan tanishadi.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti davrida talabaning faoliyati muntazam tarzda bank muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan nazorat qilinadi. Institutdan belgilangan amaliyot rahbari amaliyot davrida bir marta amaliyot bazasiga tashrif buyurgan holda, talaba tomonidan o‘rnatilgan vazifalarning bajarilishi hajmi va tartibini tekshirib turadi.
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tkazish davomida talaba:
- amaliyot bazasiga kechikmasdan yetib kelishi;
- bankning ichki tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilishi;
- amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni to‘liq hajmda bajarishi;
- yong‘in havfsizligi, mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishi;
- amaliyot yakunlangandan so‘ng belgilangan muddatlarda kafedraga to‘liq hajmda bajarilgan hisobotni taqdim qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |