2. Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo‘shilishida bank tizimining o‘rni beqiyosdir. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3151-son qarorining maqsad mohiyatidan kelib chiqib tayyorlandi.
Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi asosida tayyorlandi.
Shu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga mazkur sohani yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir.
Talabalar ongini zamonaviy nazariy bilimlari bilan boyitish hamda ularning nazariy bilimlarini respublika hududida tijorat banklarda amaliyot o‘tish yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti asosiy maqsadi talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda bank tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, Prezidentimiz qarorlari, Farmonlari, asarlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda bank ishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Shu nuqtai- nazardan, bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bank faoliyati asoslarini o‘rganish orqali bankda mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari talabalar bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida muntazam ishtirok etishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |