Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə15/59
tarix06.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#72528
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

FVDTning asosiy vazifalari:
1. Tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Respublika hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.
3. Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysinishidan qat’i nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash.
5. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, almashish va berish.
6. Aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish.
8. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
9. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish.
10. Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
11. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish.
12. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
13. Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.

18.FVDTning kuch va vositalari?


FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin.
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Jumladan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin