3.9. Yakka harakatlar
To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak.
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, himoyachi:
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik;
b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish;
v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak.
Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga to’pni shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi.
Dostları ilə paylaş: |