Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mavzuning maqsadi: Geografiya o`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma 
va malakalarni shakllantirish maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli 
xil bilim manbalari yanada takomillashtirishdan iborat. 
Mavzuning vazifasi: O`qitish vositalari uchun o`qituvchi ko`rgazmali va 
texnik vositalarni tanlashda va foydalanganda o`qitish jarayonini tashkil qilish 
turlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish metodlarini
hisobga olish lozim. Uning ta`lim jarayonida yuqori natija berishi, o`quvchining 
istagi, intilishi, mustaqil fikrlashni ta`minlashga yo`naltirilishi noan`anaviy 
mohiyat kasb etadi. Demak, uzluksiz ta`limning barcha bosqichlarida ta`limni 
takomillashtirish, o`qitish vositalari o`quvchi faoliyatiga yo`naltirish, o`quv-bilish 
faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish, shaxs sifatlarini shakllantirishga doir 
metodlarni qo`llashni talab etadi.



I.BOB. O`qitish vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasi 
 
1.1.O`qitish vositalari turlari 
 
O`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish 
maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir. 
O`quv dasturi bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan o`quv 
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o`quvchilar tomonidan qabul 
qilinishi va o`zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo`lmog`i 
lozim. Mazkur maqcadni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`quvchilarni bilish 
faoliyatini tashkil qilmog`i lozim. O`quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga 
quyidagilar kiradi: 
- eshitirish; 
- eshitgan geografik ma`lumotlarni belgilash; 
- eshitgan geografik ma`lumotlarni eslab qolish; 
- nashriy manbalardan ma`lumotlarni qabul qilish; 
- kuzatish va h.k. 
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarni echish 
maqsadida o`quv jarayoni tarkibiy vazifalarini echish maqsadida o`quv jarayoni 
tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o`qitish yoki o`quv vositalariga aylanadi. 
Masalan, tog` jinslari ochilmasi o`quvchilar tomonidan o`rganilgan taqdirdagina 
o`qitish vositalariga aylanadi. 
O`qitish 
vositalari 
tabiat 
va 
jamiyat 
haqidagi 
ilmiy 
bilimlarni 
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O`qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim 
olish jarayonida ko`rgazmalilikni ta`minlashdir. 
Geografiya voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko`ra o`qitish vositalari 
to`rt turga bo`linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural ob`ektlar; 
b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash;
v) predmet va hodisalarni tasvirlash;



g) tabiat hodisalarini tiklash va tahlil qilish uchun priborlar. 
Natural, ya`ni tabiiy ob`ektlarga quyidagilar kiradi: 
- sinf sharoitida o`rganiladigan tabiat ob`ektlari va inson xo`jalik faoliyati 
predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo`jaligi maxsulotlari 
namunalari); 
- bevosita o`quv sayohati jarayonida o`rganiladigan tabiiy ob`ektlar va xo`jalik 
faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o`rganiladigan ob`ektlarga 
geografik ochilmalar; daryolar, soylar, ko`llar, tuproqlar, o`simliklar va xayvonot 
dunyosi kiradi. Xo`jaliq faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog`lar, 
uzumzorlar va boshqalar kiradi; 
Natural o`quv vositalari yordamida o`rganilgan predmet va xodisalar haqida 
bevosita tasavvurlar hosil qilinadi. 
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo`linadi: 
- tabiiy va xo`jaliq ob`ektlarining modellari. Ularga rel`ef shakllari, daryo 
vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g`orlar, suv omborlari va boshqa xo`jalik 
ob`ektlarining modellari kiradi; 
- texnik ko`rgazma vosita qo`llanmalar. Mazkur vositalarga qo`yidagilar kiradi: 
devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil`mlar, kinofil`mlar; kinolavhalar; 
videotasmalar va h.k. 
Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va 
tasviri (so`zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 
- verbal vositalar. Darsliklar, ma`lumotnomalar, matn jadvallari; 
- kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta- sxemalar, chiziqli kartalar, 
devoriy kartalar; 
- chizmali sxematik qo`llanmalar: Ularga quyidagilar kiradi; tarkibiy sxemalar 
masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo`jaligini tuzilishi; sinflashtirish sxemalari 
(tog` jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va xodisalarning 
o`zaro aloqalari va o`zaro tasviri; 
- chizmali statistik qo`llanmalar; chizmalar diagrammalar, jadvallar. 



Mazkur o`quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fazoviy 
joylashishini va ularning tuzilishi va mehnati haqida tasavvurlarni shakllantiradi. 
Tabiiy hodisani sodir bo`lish jarayonini tiklash va tahlil qilish 
uchun zarur bo`lgan vositalarga quyidagilar kiradi: 
- joyda o`lchash ishlari olib borish uchun zarur bo`lgan priborlar (ruletka, kompas, 
nivelir. teodolit); 
- tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko`rsatkichlarini aniqlaydigan priborlar 
(termometr, barometr); 
- kartometrik ishlari olib borish uchun ishlatiladigan priborlar (kurvametr, lineyka, 
transportir va h.k.); 
- erni sutkalik va yillik harakatini ko`rsatadigan priborlar. 
Respublikamiz maktablarida har turli o`qitish vositalari, darsliklar, o`quv 
qo`llanmalar, xrestomatiya, mashg`ulotlar yig`ini, lug`at, entsiklopediya, 
axborotnoma va hakozo. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin