5
I.BOB. O`qitish vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasi
1.1.O`qitish vositalari turlari
O`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish
maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir.
O`quv dasturi bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan o`quv
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o`quvchilar tomonidan qabul
qilinishi va o`zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo`lmog`i
lozim. Mazkur maqcadni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`quvchilarni bilish
faoliyatini tashkil qilmog`i lozim. O`quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga
quyidagilar kiradi:
- eshitirish;
- eshitgan geografik ma`lumotlarni belgilash;
- eshitgan geografik ma`lumotlarni eslab qolish;
- nashriy manbalardan ma`lumotlarni qabul qilish;
- kuzatish va h.k.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarni echish
maqsadida o`quv jarayoni tarkibiy vazifalarini echish maqsadida o`quv jarayoni
tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o`qitish yoki o`quv vositalariga aylanadi.
Masalan, tog` jinslari ochilmasi o`quvchilar tomonidan o`rganilgan taqdirdagina
o`qitish vositalariga aylanadi.
O`qitish
vositalari
tabiat
va
jamiyat
haqidagi
ilmiy
bilimlarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O`qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim
olish jarayonida ko`rgazmalilikni ta`minlashdir.
Geografiya voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko`ra o`qitish vositalari
to`rt turga bo`linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural ob`ektlar;
b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash;
v) predmet va hodisalarni tasvirlash;
6
g) tabiat hodisalarini tiklash va tahlil qilish uchun priborlar.
Natural, ya`ni tabiiy ob`ektlarga quyidagilar kiradi:
- sinf sharoitida o`rganiladigan tabiat ob`ektlari va inson xo`jalik faoliyati
predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo`jaligi maxsulotlari
namunalari);
- bevosita o`quv sayohati jarayonida o`rganiladigan tabiiy ob`ektlar va xo`jalik
faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o`rganiladigan ob`ektlarga
geografik ochilmalar;
daryolar, soylar, ko`llar, tuproqlar, o`simliklar va xayvonot
dunyosi kiradi. Xo`jaliq faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog`lar,
uzumzorlar va boshqalar kiradi;
Natural o`quv vositalari yordamida o`rganilgan predmet va xodisalar haqida
bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- tabiiy va xo`jaliq ob`ektlarining modellari. Ularga rel`ef
shakllari, daryo
vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g`orlar, suv omborlari va boshqa xo`jalik
ob`ektlarining modellari kiradi;
- texnik ko`rgazma vosita qo`llanmalar. Mazkur vositalarga qo`yidagilar kiradi:
devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil`mlar, kinofil`mlar; kinolavhalar;
videotasmalar va h.k.
Shartli belgilar yordamida geografik predmet
va hodisalarni bayoni va
tasviri (so`zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
-
verbal vositalar. Darsliklar, ma`lumotnomalar, matn jadvallari;
-
kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta- sxemalar, chiziqli kartalar,
devoriy kartalar;
-
chizmali sxematik qo`llanmalar: Ularga quyidagilar kiradi; tarkibiy sxemalar
masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo`jaligini tuzilishi; sinflashtirish sxemalari
(tog` jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va xodisalarning
o`zaro aloqalari va o`zaro tasviri;
-
chizmali statistik qo`llanmalar; chizmalar diagrammalar, jadvallar.
7
Mazkur o`quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fazoviy
joylashishini va ularning tuzilishi va mehnati haqida tasavvurlarni shakllantiradi.
Tabiiy hodisani sodir bo`lish jarayonini
tiklash va tahlil qilish
uchun zarur bo`lgan vositalarga quyidagilar kiradi:
- joyda o`lchash ishlari olib borish uchun zarur bo`lgan priborlar (ruletka, kompas,
nivelir. teodolit);
- tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko`rsatkichlarini aniqlaydigan priborlar
(termometr, barometr);
- kartometrik ishlari olib borish uchun ishlatiladigan priborlar (kurvametr, lineyka,
transportir va h.k.);
- erni sutkalik va yillik harakatini ko`rsatadigan priborlar.
Respublikamiz maktablarida har turli o`qitish vositalari, darsliklar, o`quv
qo`llanmalar, xrestomatiya, mashg`ulotlar yig`ini, lug`at, entsiklopediya,
axborotnoma va hakozo.
Dostları ilə paylaş: