Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
 
 


31 
2.2. Geografiya darslarida kinofil`mlardan foydalanish 
 
Kinofil`mlardan geografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi va 
boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo`lishi mumkin.
Dars jarayonida kinofil`mlardan to`la foydalanish mumkin, uning 
bo`limlardan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofil`mni 
namoyish qilish darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim 
kinofil`mlardan to`la ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin. 
Kinofil`mlari dars jarayonida foydalanishga ko`ra quyidagi guruhlarga 
bo`linadi: 
-
maxsus o`quv maqsadlarida chiqarilgan fil`mlar; 
-
ilmiy- ommabop kinofil`mlar; 
-
tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag`ishlangan fil`mlar 
(tog`lar, o`rmonlar, daryolar, ko`llar, hayvonot dunyosi va x.k.); 
-
badiiy fil`mlar
-
videofil`mlar. 
Maxsus o`quv kurs, aniq bir mavzuga bag`ishlangan bo`ladi. Masalan, tog`lar, 
Sahroi Kabir cho`li, tundra, o`rmonlar va h.k. Ilmiy- ommabop kinofil`mlar 
asosan keng xalq ommasiga mo`ljallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim 
qismlaridan foydalanish mumkin. 
Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga bag`ishlangan kinofil`mlardan ham 
dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonotlarni ayrim turlariga, 
okean mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag`ishlangan fil`mlar. 
Badiiy fil`mlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlardan foydalanish 
mumkin. Bunday fil`mlar toifasiga sarguzasht fil`mlar ko`proq kiradi. Unda 
tasvirlangan tabiat manzaralari, o`simlik va hayvonot dunyosi dars jarayonida 
foydalanish mumkin. 
Turli xil videofil`mlardan ham mavzuga mos joylardan foydalanish 
mumkin. 


32 
Yuqorida aytilganidek, kinofil`mlardan darsning boshida, ya`ni o`tilgan 
darslarni 
takrorlashda, 
yangi 
mavzuni 
o`tishda, 
olingan 
bilimlarni 
mustahkamlashda foydalanish mumkin. 
Takrorlash darslarida mavzu bo`yicha kinofil`m yoki uning bir qismi 
namoyish qilinadi va o`quvchilardan unga izoh berish yoki uni tushuntirib berish 
talab qilinadi. 
Yangi mavzuni o`rganishda mavzuga oid kinofil`m to`la ko`rsatiladi. Bunda 
fil`mga o`qituvchi izoh beradi. 
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda ham kinofil`mlardan foydalanish 
mumkin. Bunda kinofil`m namoyish qilinadi va uning mazmuni o`quvchilardan 
so`raladi. 
Ayrim xollarda kinofil`mlar darsni kirish qismi sifatida ko`rsatiladi. 
Fil`mni dars jarayonidagi o`rni darsning maqsadi va mazmuni va o`ziga xos 
xususiyatlari bilan aniqlanadi. O`quv fil`mlaridan bilim olish manbai sifatida ham 
foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo`yicha o`quv qo`llanma
sifatida ham foydalansa bo`ladi. Masalan, berilgan savollarga javob topish, 
namoyish qilinayotgan materiallarni mavjud (bor) material bilan darslik bilan
o`qituvchini ma`ruzasi, qator boshqa fil`mlarni mazmuni bilan solishtirish. 
Fil`mlar o`qituvchilar bilimini tekshirishda va o`rganilgan mavzu 
mazmunini 
o`zlashtirish 
darajasini 
aniqlashda, 
o`tilgan 
materiallarni 
umumlashtirishda yoki ma`lum mavzuni umumiy tavsifi o`tishda foydalanish 
mumkin. Bundan tashqari fil`mlar yordamida sinf sharoitida sayohatlar ham 
uyushtirish mumkin, yoki bo`lmasa o`quvchilar bevosita ko`rolmaydigan 
jarayonlarni ko`rsatish mumkin. Masalan, “Qora metallurgiya”, “Sintetik tolalar”, 
“Tropik o`rmonlar”, “Cho`llar”, “Dashtlar”. 
Dars jarayonida fil`mlar bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan iborat: 
a) o`quvchilarni ma`lum bir mavzu bo`yicha kinofil`mni ko`rishga tayyorlash; b) 
o`quvchilarni fil`mni ko`rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish; v) ko`rilgan fil`m 
mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tekshirish. 


33 
O`quvchilarni dars oldidan aniq fil`mni ko`rishga tayyorlash fil`m 
mazmunini faol tushunishga va uni to`la o`zlashtirishga imkon beradi. Fil`mni 
o`quvchilar o`qituvchi kuzatuvida ko`rishadi. Agar fil`mni ko`rish jarayonida 
nazorat bo`lmasa o`quvchilar fil`mga diqqat berishmaydi va boshqa narsa bilan 
shug`ullanisha boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib o`tirishadi. Natijada fil`m 
mazmuni yuzaki o`zlashtiriladi. 
Agar fil`m qiziqarli bo`lsa o`quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha 
qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa fil`mni mazmunini 
tahlil qilaolishmaydi. Shuning uchun fil`m boshlanishdan oldin o`qituvchi fil`mni 
maqsadini, unda nimalar tasvirlangannini, qanday savollarga o`quvchilar javob 
topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan tashqari o`qituvchi kirish suhbatida 
fil`mni qaerlariga e`tibor berishni, qaerlarni alohida ajratib tahlil qilinishini 
tushuntiradi. Masalan, O`zbekiston tabiiy geografiyasi kursida “Qizilqum” 
mavzusini o`tishda quyidagilarga e`tibor berish lozim; 
-
asosiy rel`ef shakllariga; 
-
o`simlik bilan qoplanish darajasiga; 
-
hayvonot dunyosiga. 
Fil`mni ko`rish jarayonida o`uvchilar qo`yidagi savollarga javob berishlari 
lozim: “Barxan nima”, “Qum tepaliklari” nima; asosiy transport vazifasini 
bajaruvchi hayvonni aniqlang; 
Geografiya ta`limida o`quv kinofil`larni yana bir asosiy sharoitlardan biri 
o`qituvchini fil`m namoyishida faol ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli fil`m 
bo`lgan taqdirda ham o`qituvchi darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Fil`m
namoyishi jarayonida o`qituvchi ko`rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish 
lozim. Kerakli joylarda fil`m namoyishini to`xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi 
mumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berish, so`ngra fil`m 
namoyishini davom ettirish mumkin. 
Fil`mni ko`rish davomida o`qituvchini izohlari o`quvchilarga xalaqit 
bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izoh berish lozim. 
Agar kinofil`mda metodik xatolar bo`lsa o`qituvchi uni to`g`rilab ketishi lozim. 


34 
Ma`lum bir voqea hodisalarni mohiyatini o`quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari 
uchun fil`mni namoyishini biroz to`xtatib turish mumkin. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin