2.4. Geografiya ta`limida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Yuqorida darsni majmua sifatida ko`rib chiqqanimizda, uning unsurlaridan
biri darsdagi texnik vositalar majmuini tashkil qilgan edi. Darsni dars deb
hisoblanish uchun darsda quyidagi texnik vositalar mavjud bo`lishi lozim.
Avvalambor, texnik vositalarga inson tafakkuri va jismoniy harakatlari natijasida
bunyod bo`lgan sun`iy moddiy narsalar kirishini ma`lum qilib qo`yaylik. Shu
nuqtai nazardan kelib chiqqanda, eng asosiy texnik-vosita bu o`quv xonasi-sinf
yoki laboratoriya va ustaxona. Keyingi zaruriy texnik vositalar: o`quvchilarning
partasi yoki stol-stullari. Laboratoriya va ustoxonalarda olib boriladigan darslar
uchun ularning jihozlari, undan keyingisi yozuv doskasi, yozuv bo`ri, yana
keyingisi o`qituvchining ish stol iva stuli, minbari hisoblanadi. Bular o`zaro
funktsional bog`liq bo`lib, bir-birini taqozo etadi. Chunonchi, sinf xonasi
bo`lmasa, dars ijrosi bo`lmaydi. Sinf xonasi bo`lsa-yu, unda parta, stol va stullar
39
bo`lmasa, dars o`tib bo`lmaydi. Avvalambor, sinf xonasi kerakli texnik vositalar
bilan jihozlanmagan bo`lsa, u sinfxona deb hisoblanmaydi ham. U bo`sh xona
deyiladi, sinf xonasi, stol-stul, o`qituvchining ish joyidagi stol-stullar bilan
jihozlangan bo`lsa-yu, xonada yozuv doskasi bo`lmasa, dars to`laqonli o`tmaydi.
Doska bo`lsa-yu, unda yozish uchun bo`r bo`lmasa, doskaning bor bo`lgani bekor.
Dars yana to`laqonli o`tmaydi va hokazo.
Avvallari, texnik vositalar deganda, faqat o`qitishning texnik vositalari
tushinilar edi. Endilikda majmular nazariyasi ta`lim-tarbiya jarayoniga kirib
kelgandan keyin, texnik vositalar deganda darsni tashkil qilish uchun zarur
bo`lgan barcha sun`iy moddiy narsalar tushinilmoqda. Avvallari o`qitishning
texnik vositalari deb nomlangan narsalar, shu kunda axborot texnologiyalari
deyilmoqda.
Darsning texnik vositalari majmuining ajiralmas qismi hisoblangan o`quv
xona yoki auditoriyani batafsilroq ko`rib chiqaylik. Darsda ishtirok etadigan texnik
vositalarga, bilim berish joylari bo`lgan dars-lektsiya va dars-suhbatlar uchun
o`quv xonasi yoki auditoriya bo`lishi shart. Agar dars amaliy mashg`ulot bilan
bog`liq bo`lsa, uning uchun laboratoriya yoki ustoxona kerak bo`ladi. Agar kino
darsi bo`lsa, kinozal yoki kino quyishga moslashtirilgan o`quv xonasi bo`lishi
lozim. Yakuniy nazorat darsini test sinovlari orqali amalga oshirilsa, komp`yuter
sinflari bo`lishi kerak. Agar ekskursiya darslari bo`ladigan bo`lsa, ekskursiyaning
turiga qarab, avtobus, muzey, kutubxona, korxona, zavod, fabrika degan moddiy
unsurlar bo`lishi talab qilinadi.
O`quv xonasi yorug`, shinam, shiftlari baland, o`zi ozoda bo`lishini aytib
quyishimiz joiz. Chunki, yorug` xonada bolalar charchamaydi, ko`zi toliqmaydi.
Shiftlari baland bo`lgan xonada havo etarli darajada bo`ladi. Xonada havo kam
bo`lsa, o`quvchilarga kislorod etishmay, tez charchab qolishadi. Ozoda va shinam
bo`lishi ham, u erda o`qiydiganlar sog`ligiga va ahloqiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Darsdagi texnik vositalarning navbatdagisi xonaning mebel` jihozlaridir.
Ularga talabalar foydalanishi uchun parta yoki stol-stul, pedagoglar ish joyiga stol-
stul va minbar kiradi. O`quv xonasidagi partalar bolalarning yoshiga mos ravishda
40
qulay bo`lishi kerak. O`rindiqlari juda mustahkam bo`lishi bolalar xavfsizligini
ta`minlaydi. Axir, yosh bolalar o`tirgan joylarida ha deb qimirlayberish
xususiyatiga egadirlar. Bu ularning tabiatidan kelib chiqadi. O`qituvchining ish
joyi zamon talabi darajasida bo`lishi, o`quv jarayonining sifatli o`tishini
ta`minlaydi. Xona zamon talabi darajasida jihozlangan deganda, stol-stulning
qulayligi, doskani o`chirish uchun latta va qo`l surtish uchun sochiqdan tortib,
axborot texnologiyalarini boshqaruvchi pultlar nazarda tutiladi.
Darsdagi texnik vositalarning ajralmas qismi, o`qitish uchun mo`ljallangan
axborot texnologiyalari hisoblanadi. Ularga epidoskop. kodoskop, komp`yuter
majmusi va hokazolar kiradi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarini axborotlashtirish zamonaviy ta`limning
barcha sohalarini eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bo`lib qolmoqda.
Hozirgi bilim olishni axborotlashtirish va axborot vositalaridan foydalanishni
tashkil etish bo`yicha juda ko`p ishlar amalga oshirilgan.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan
bo`lib xisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini
ishlab chiqish bo`yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov ishlari olib
boriladi. Buning natijasida axborot vositlarini yangi modellari vujudga keladi.
Shuning uchun o`quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot
vositalarini yangilab turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag`lar zarur.
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda komp`yuter xonalari
tashkil qilina boshlandi. Komp`yuter xonalarini 10 dan ortiq komp`yuterlar
bo`lgan, ammo ularni sifati ya`ni ko`rsatkichlari past bo`lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko`rsatadiki, umumiy o`rta
ta`lim maktablarini komp`yuterlashtirish natijasida ta`lim-tarbiya jarayonida
keskin o`zgarishlar sodir bo`lmadi. Mazkur hol quyidagi xolatlarda namoyon
bo`lgan:
a) o`qitish va mustaqil o`quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi
o`zgarmadi;
b) o`qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o`zgarmadi;
41
v) o`quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o`zgarmadi;
g) bu erda gap XX – asrning 80- yillaridagi ommaviy maktablar haqida
ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta`lim jarayonida katta
o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Keyinchalik amaliy pedagogikada komp`yuterlarni qo`llash bo`yicha ustivor
yo`nalishlar shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo`ldi:
- informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o`rganish;
- ta`lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo`llash;
- axborot texnoliyalari yordamida ta`lim muassalarini va mintaqaviy ta`lim
tizimlarini boshqarish.
Bu esa axborot texnologiyalarini qo`llashni birinchi darajali ishlar
qatoriga qo`shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umum ta`lim
maktablarini komp`yuterlashtirisha ketgan xarajatlarini qoplashi mumkin.
Ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta`lim texnologiyalari
katta ahamiyatga ega. Yangi ta`lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a)
har bir maktab o`quvchisida o`zining shaxsiy ta`lim yo`nalishini rivojlantiradi; b)
o`quv jarayonini tubdan o`zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga
loyihalashga imkon beradi; v) o`quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil
qilishga imkon beradi. Bunday yondoshish komp`yuterni bilish vositasiga
aylantiradi. Maktablarda komp`yuterlarni o`rni qanday bo`lishi degan savol
ta`limini komp`yuterlashtirishni dastlabki bosqichlaridayoq qo`yilgan edi. Ammo
komp`yuterlarni o`rganishdan undan foydalanishga o`tish juda qiyinchilik bilan
amalga oshirilmoqda. Ko`p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab
chiqilgan komp`yuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy
sabablaridan biri ularni odatiy darslarni davomi bo`lib qolishidir. Elektron
darsliklar ko`p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda.
Shuning uchun ularga talab kamroq bo`lib qolmoqda. Ularni samaradorligi
tajribali o`qituvchi samaradorligidan yuqori bo`lmayapti.
Elektron darsliklarni yoki komp`yuter texnologiyasidan foydalanishga
talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o`quvchilarni zamonaviy
42
ta`lim talablari va zamonaviy tamoiyllar bilan shaxsga yo`naltirilgan yondoshish
va sinf-dars tizimida foydalanishga yo`naltirilgan dasturlarni bir biriga mos
kelmasligidir.
Komp`yuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab
chiqiladi, shu bilan birga ta`lim texnologiyalari ham ishlab chiqiladi.
Komp`yuterda matn, chizma, audio va video ma`lumotlarni birlashtirish o`quv
ma`lumotlari sifatini keskin oshirib yuboradi.
Komp`yuterlar industriyasini rivojlantirish pedagogik jarayonda inqilobiy
o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o`quvchini individual faoliyatini
ta`minlaydigan texnologiyalarga o`tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o`tish
dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog`liq. Yaxlit komp`yuterlashtirilgan
predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab
qolinadi ular esa maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun
mazkur kurslar quyidagilarga yo`naltirilgan bo`lmog`i lozim:
a) ixcham (kompakt) predmeti mavjud bo`lishi, u o`quvchilarni mustaqillini
yuqori darajada ta`minlashi lozim.
b) turli sohalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo`lgan
predmetlarni o`rganishda; maktablarda o`qituvchilarni qisman yoki to`la
komp`yuterlar bilan almashtirish;
v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperemental ta`limiy texnologiyalarni
yaratish;
g) o`quv jarayonida komp`yuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini
ishlab chiqish;
d) shaxsga yo`naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta`lim muassalarida komp`yuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy
pedagogik izlanishlarni echish bilan bog`liq.
O`qituvchilarni komp`yuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim
muammo bo`lib hisoblanadi komp`yuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki
davrlarda kam talab etilishi oliy ta`limda ushbu soha bo`yicha etarli bilim
berilmasligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan
43
tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion tarmog`idan foydalanish maxsus
metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot
texnologiyalari bilan ta`minlash ham dolzarb masalalardan biri xisoblanadi.
Geografiya fani va geografiya ta`limida informatsion texnologiyalardan keng
qo`llanilmoqda.
Geografiya ta`limida informatsion texnologiyalardan foydalanishni
quyidagi shart-sharoitlarini ta`kidlab o`tish lozim:
- geografiya o`qituvchisi informatsion texnologiyalardan foydalanish ko`nikmasiga
ega bo`lishi shart;
- maktab o`quvchilari komp`yuterlardan foydalanish ko`nikmasiga ega bo`lishi
shart;
- maktabda komp`yuterlar sinfi bo`lishi shart.
Geografiya ta`limida informatsion texnologiyalarni qo`llash quyidagi
sohalarda olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron
kartalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; video fil`mlardan
foydalanish; masofaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko`p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan o`quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni
o`quvchi yordamida, yoki mustaqil o`rganishi mumkin. Darsni o`qituvchi
boshqarib turish mukin. Bunda o`qituvchi matnni o`rganishda izohlar berib boradi.
Matndagi chizmalar, rasmlar, kartalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni
ohirida o`qituvchi komp`yuter orqali o`quvchilarga savollar berishi mumkin.
O`quvchilar esa komp`yuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari
o`qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta`limida kartalar asosiy o`quv vositalaridan biri bo`lib
hisoblanadi. Shuning uchun kartalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elektron
kartalardan foydalanish mumkin. Elektron kartalar orqali quyidagi ishlarni
bajarishi mumkin:
- elektron karta orqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik
tavsiflar tuzish. Masalan, iqlim kartalardan foydalanib ma`lum bir materik yoki
44
hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo`lmasa iqtisodiy geografik kartalardan
foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta`rif berish va h.k;
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli
sohalari bo`yicha yangi ma`lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim
haqida, mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo`jaligi va geosiyosiy sharoit haqida
va h.k;
- geografiya ta`limida videofil`mlar juda katta ahamiyatga ega.
Video fil`mlardan quyidagi sohalar bo`yicha foydalanish mumkin:
a) Tabiiy geografiya boshlang`ich kursida;
b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida;
v) O`rta Osiyo va O`zbekiston tabiiy geografiyasini o`rganishda;
g) O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o`rganishda;
d) Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o`rganishda;
e) fakul`tativ mashg`ulotlarda;
j) geografik to`garaklarda va h.k.;
- masofaviy o`qitish geografiya ta`limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy
o`qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin.
Informatsion texnologiyalardan foydalanish geografiya ta`limida t
imkoniyatlarga ega. Geografiya ta`limini axborotlashtirishni to`xtovsiz
takomillshtirib bormoq zarur.
|