38
Tayyor videokassetalardan foydalanish. Geografiya predmetlari mavzulari
bo`yicha videokassetalar kartotekasini tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda har
bir geografiya xonasida albatta videomagnitafonlar bo`lishi zarur. Ma`lum bir
mavzuni o`rganayotganda unga mos bo`lgan videokasseta olinib namoyish qilish
mumkin.
Televideniedan foydalanishga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-
namoyish etiladigan telelavha dars mavzusiga mos bo`lishi shart;
-
videomagnitofon va telnvizor bir kun oldin tayyorlab qo`yishi lozim;
-
namoyish etiladigan videolavhalar aniq va ravshan ko`rinmog`i lozim;
-
Videolavha dars vaqtini to`la ishg`ol qilish lozim emas. Darsni boshida
va oxirida o`qituvchini izohi va tushuntirish uchun hamda xulosasi
uchun vaqt qoldirishi lozim;
-
video darslarni kurish o`quvchi nazoratida olib borilishi lozim;
Bundan tashqari geografiya darslarida radio eshittirishlardan magnitofon
yozuvlaridan ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: