Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
X U L O S A
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tashkil etilgan fan kabinetlari, o`qish va 
ish xonalari ma`lum darajada ko`rgazmali va texnik vositalar bilan ta`minlangan. 
Fan kabinetlarida ko`rgazmali va texnik vositalardan foydalanib dars o`tish 
o`qituvchilarga katta qo`layliklar yaratdi, o`qitishning sifatini oshirishga imkoniyat 
to`g`dirdi. 
O`qitish vositalar darsning mavzusi, maqsadi, vazifalari, mazmuni, 
bosqichlariga ko`ra oldindan tayyorlanib quyiladi va zarur joyida, kerak vaqtida, 
o`z o`rnida foydalaniladi. Shundagina ulardan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Ko`rgazmali va texnik vositalarni haddan tashqari qo`llash o`quvchilarning 
diqqatining bo`linishiga, darsning sifatining pasayishiga, natijasining kamayishiga 
sababchi bo`ladi. 
Shuning uchun o`qituvchi o`qitish vositalarni tanlashda yana foydalanganda 
o`qitish jarayonini tashkil qilish turlarini, an`anaviy va no`ananaviy darslarning 
xususiyatlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish metodlarini
hisobga olish lozim. 
Yangi 
o`quv 
vositalarini 
qo`llash 
o`quvchilarni 
dunyoqarashini 
shakllantirishga shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. O`qitishning 
texnik vositalari o`qituvchi yordamida qo`yilgan maqsadga erishishga, 
o`tkazilayotgan mashg`ulotlarni samaradorligini keskin oshirishga imkon beradi. 
O`qitish vositalarni qo`llashni quyidagi afzalliklari mavjud: 
- qiziqarliligi, o`quvchilar birinchidan texnika vositalarini o`ziga qiziqsa, ikkinchi 
tomondan uni ishlatishga va unda ko`rsatilgan ma`lumotlarga qiziqishsa; 
- voqealarni tez rivojlanishi va aniq kuzatishlari o`quv materiallarini tez 
o`zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni sodir 
bo`lishi, tekislik va tog` rel`efining turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari 
tropik o`rmonlarning sharoiti ishlab chiqarish jarayoni va h.k. 
- texnik vositalar orqali murakkab o`quv materialini oson tushuntirish mumkin. 
Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsiklonlarni 


46 
shakllantirish, tornadi, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayonlarni hosil 
bo`lishi va ularning oqibatlari; 
- o`quvchilar qabul qilishi murakkab bo`lgan geografik ob`ektlarni texnik vositalar 
orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo`l paromi, dengizdagi neft` 
qazib oladigan moslamalar va h.k. 
O`qitishning texnik vositalarini qo`llashda quyidagi qoidalarga amal 
qilinishi lozim: 
- texnik vositalardan ko`rsatiladigan geografik voqea va xodisalar dars mavzusiga 
mos bo`lishi lozim; 
- texnik vositalarning qo`llash oldidan uning ishlash tamoiyli, mazkur darsda nima 
ko`rsatilishi haqida o`qituvchi axborot bermog`i lozim; 
- o`qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo`yilishi lozim. Uni dars 
jarayonida sozlash o`quv soatini ancha qismini olib qo`yilishi mumkin; 
- texnik vositalar orqali ma`lum bir mavzuni o`rganishda uni alohida qismlarga 
bo`lish lozimiligini ko`rib chiqdik. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin