28
topshiriq beriladi. Masalan, tabiiy geografiya boshlang`ich (V cinf) kursi bo`yicha
o`quv sayohatiga chiqqanda quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin.
- geografik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko`zdan kechirish;
- ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash. Qatlamlarni qaliңligini o`lchash;
- qatlamlarni yotish holatini o`rganish va ularni sabablarini aniqlash;
- yotqiziqlarni hosil bo`lishi qanday sharoitda sodir bo`lgan;
- rel`efni o`zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta`sir etadi.
- tashqi kuchlarni rel`efga ta`siri nimalarda ifodalangan.
Mazkur topshiriqni bajarish o`quvchilardan o`ta kuzatuvchanlikni talab
qiladi. Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishdagi o`ziga xos
xususiyatlarni, qatlamlari tarkibidagi tog` jinslarini o`lchamlarini aniqlashlari
lozim. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o`quvchilar guruhi tog` jinslarini xosil
bo`lishi, ularni to`planishi va yotishi haqida bilimlarni yaxshi o`zlashtirishlariga
imkon beradi.
O`quvchilarni
natural
ob`ektlarni
kuzatish
o`qituvchilarni
bevosita
rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlari o`qituvchilarni o`zi ham
qatnashadi.
Sinf sharoitida quyidagi natural ob`ektlarni kuzatish mumkin:
a) tog` jinslari namunalari;
b) tuproq namunalari va tuproq monolitlari;
v) gerbariylar;
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari;
d) sanoat va qishloq xo`jaligi maxsulotlari namunalari.
Natural ob`ektlarning o`quv vositalari ichida o`rin almashtirib bo`lmaydigan
turiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: