26
bo`ladigan geografik voqea va hodisalarni o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Masalan, Antarktida tabiati, Tornada, Tsunami va h.k. demak rasmlar geografik
voqea va xodisalar haqida tasavvur qilishga imkon beradi;
- o`quv rasmlarini (kartinalarni) aniq geografik voqea va xodisalarni umumlashgan
tasviri hisoblanadi. Badiiy rasmlar yoki foto suratlardan farq qilib, ular voqea va
hodisalarning ayrim xususiyatlari bo`rtirilib ko`rsatiladi. Bunda geografik voqea
hodisalarni eng muhim jihatlari oson o`zlashtiriladi, ikkinchi tomondan mazkur
ob`ekt voqea hodisalarini eng muhim jihatlarini ikkinchi darajali jihatlaridan
ajratib olish imkonini tug`diradi. Bilimlarni shakllantirish jarayonida rasmlarni
o`rganish va taxlil qilish o`qituvchi yordamida amalga oshiriladi. Bilimlarni
tekshirish va baholash esa o`quvchilar rasmlarni mustaqil ravishda o`rganishadi,
tahlil qilishadi va xulosalar yozishadi. Rasmlarni o`rganishdagi bunday yondoshish
ikkita muhim ta`limiy muammolarni echishga imkon beradi: o`quvchilarni
geografik bilish metodlari bilan tanishtiradi; o`quvchilarda mantiqiy fikrlashni,
abstrakt-nazariy tuzilmalarni ishlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi.
Bunday faoliyat o`quvchilarni hissiy qabul qilishiga tayanadi.
Rasmlardan foydalanishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
- rasm dars mavzusi mazmunniga mos tushishi lozim;
- rasmda geografik ob`ekt, voqea va hodisalarni eng muhim xususiyatlari
tasvirlangan bo`lmog`i lozim;
- rasm aniq va ravshan ko`rinmog`i lozim.
Misol uchun O`zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarovni tabiat manzaralariga
bajargan rasmlaridan O`zbekiston va O`rta Osiyo tabiiy geografiyasini o`rganishda
keng foydalanish mumkin. Mazkur rasmlarni tahlil qilish asosida o`quvchilar
rasmlar yordamida umumiy tushunchalar oson va tez shakllantiriladi. Masalan,
yassi va to`lqinsimon tekisliklar, burmali, palaxsali va qoldiqli tog`lar tropik
o`rmonlar , Antarktida muz qoplami, cho`llar,tog`lar va h.k.
Dostları ilə paylaş: