Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish


Darslik bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Darslik bilan ishlash texnologiyasi 
Darslik bilan ishlash geografiya ta`limida muntazam olib boriladi. Darslik 
bilan ishlash texnologiyasi qo`yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u 
bilan ishlash qoidalarini o`rgatish; darslik matnni bilan ishlash; darslikdagi kartalar 
bilan ishlash; matndagi tizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash; 
matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan 
ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o`ziga xos xususiyatlari. 
O`quv yilini boshida o`qituvchi o`quvchilarni darslik bilan tanishtiradi. 
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni 


15 
nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilgani o`quvchilarga 
tushuntiradi. Shundan so`ng darslikning tarkibiy tuzilishi ochib beriladi. (Kirish, 
necha qism, necha bob, ilovani bor yo`qligi) Masalan, 9-sinf darsligini oladigan 
bo`lsak, darslik Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi deb nomlanadi
darslikning mualliflari A.Qayumov, I.Safarov, M.Tillabaeva hisoblanadi, darslik
“ O`zbekiston” nashriyotida 2014 yil chop etilgan. 
Darslik kirish, ikkita bo`lim, 12-qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi 
bo`limi jahonning umumiy tavsifiga bag`ishlangan, ikkinchi bo`limi esa jahonning 
mintaqaviy tavsif bayoniga bag`ishlangan. Darslikning ilova qismi 4-ta jadvaldan 
iborat 
(jahonning 
mamlakatlarining 
xududiy-demografik 
darajasi 
va 
rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari, dunyo aholisining soni, aholisi 1mln. dan 
ortiq shaharlar ) Darslikning umumiy hajmi 223bet. Darslikdagi rasmlar 
kartalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat. 
Shundan so`ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish, 
darslik sahifalariga turli xil so`zlarni yozmaslik, buzmaslik, yiritmaslik va h.k)
Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi 
qismlardan iborat: izohli o`qish; matni asosida reja tuzish; matnni ma`lum bir 
qismini o`qib so`ngra so`zlab berish. 
Izohli o`qish o`qituvchi yoki o`quvchi tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Bundan matn qismlarga bo`linib o`qiladi so`ng o`qilgan matnga izoh 
beriladi. Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo`limini 14-§ da quyidagi jumlani 
keltirishimiz tekisliklar O`rta Osiyoning markaziy, g`arbiy va shimoliy qismlarda 
joylashgan. O`rta Osiyoning anchagina qismlarida Turon tekisligi egallagan. Bu
tekislikda O`rta Osiyoning yirik cho`llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan (41 
bet). Mazkur jurnalni o`qigandan so`ng o`qituvchi unga izoh beradi. Izoh deganda 
u tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so`zlab. O`rta Osiyodagi eng 
yirik bo`lgan Turon tekisligini kartadan ko`rsatib, uning asosiy xususiyatlarini
gapirib beradi. 
Matnni ayrim qismlariga reja tuzilishi. Bunda matn ma`lum bir qismlarga 
bo`linib o`quvchilarga bo`lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja 


16 
tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O`rta Osiyo xududining rivojlanish tarixi va
foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo`lish mumkin: 
- paleozoy erasida xududning rivojlanishi: 
- mezozoy erasida xududining rivojlanishi: 
- kaynazoy erasida xududning rivojlanishi: 
- kaynazoy erasida xududning rivojlanishi: 
- zil-zilalar: 
- foydali qazilmalar: 
Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin: 
yoqilg`i foydali qazilmalari: (ko`mir, nef`t, gaz), qora metall konlari: rangli 
metallar konlari: mineral o`g`itlar konlari: qurilish xom ashyosi konlari (marmar, 
ohak, qum, granat). 
Darslikdagi kartalar bilan ishlash. Har bir sinf geografiya darsligining 
matnidagi mavzusiga oid turli xil kartalari bilan. Kartalar 6,7,8 va 9-sinf 
darsliklarida ko`proq matndagi kartalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko`proq 
ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-chi sahifasida evrosiyoning tabiiy 
geografik o`lkalari kartasi berilgan. Ushbu karta bo`yicha quyidagi topshiriqlarni 
o`quvchilarga berish mumkin: 
- Janubiy Osiyoda joylashgan evrosiyo tabiiy geografik o`lkalarini aniqlang 
va ularning geografik joylanishiga baho bering: 

Eronda 
joylashgan tabiiy geografik o`lkalarni aniqlang: 
- O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi qaysi o`lkalar orasida joylashgan: 
- Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o`lkalardan iborat va x.k. 
Shunday taxlilda har bir mavzuli karta bo`yicha o`quvchilarga mustaqil ish 
uchun vazifa berish mumkin. 
Darsliklarda juda ko`p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va 
iqtisodiy geografik ob`ektlarini tasviriga bag`ishlangan. Shuning uchun kartadagi 
rasmlar bo`yicha ham o`quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya 
darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: buyuk olim va 
shayxlarning rasmlari : tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar 


17 
(tog`lar, tekisliklar, vodiylar chuqurlar va h.k) tabiiy geografik jarayonlarning 
oqibatlari va ko`rinishlari tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho`rxok, vulqon, zil-
zila va h.k) : iqtisodiy geografik ob`ektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, 
fabrika, suv omborlari, qishloq xo`jalik ekinlari, yo`llar, kanallar va h.k) 
Chizmalar kartalarga o`xshab darslikdagi juda ko`p uchraydi. Ular geografik
aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni 
o`quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, erga quyoshdan keladigan 
issiqlikni uni tushish burchagiga bog`liqligini ko`rsatuvchi chizmalar. 
Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 
- tabiiy geografiya boshlang`ich kurslarida berilgan chizmalar (litosfera, 
gidrosfera, atmosfera, biosfera, er va olam mavzularida): 
- materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O`rta Osiyo va 
O`zbekiston tabiiy geografiya kurslari buyicha berilgan chizmalar: 
- iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur 
chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo`jaliq tarmog`ini ma`lum 
bir qismlarini ko`rsatkichlarini tasvirlaydi. 
Umumiy o`rta ta`lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan 
foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar ko`proq o`rin olgan 
jadvallarda ko`proq iqtisodiy ko`rsatkichlar berilgan. Ular orasida ma`lum bir 
iqtisodiy tarmoqni o`sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografik darslardagi jadvallarni quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: siyosiy, 
geografik, demografik, tabiiy resurslar, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va 
xalqaro iqtisodiy aloqalar regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan 
jadvallar. 
Jadvallarni tahlili bo`yicha o`quvchilarga juda ko`p mustaqil ishlar berish 
mumkin. 
Har bir sinfda darslik bilan ishlash o`ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi 
sinfda tabiiy geografiya boshlang`ich kursini o`rganishda izohli o`qish, matndagi 


18 
savollarga javob berish, matnining rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrli aniqlash 
muhim o`rin tutadi. 
6-sinfda Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o`rganishda 
quyidagi holatlarga katta e`tibor berish lozim: qiyoslash: matnning mazmuni 
bo`yicha chizmalar: rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma`lumotlarni ko`chirib 
olish: geografik ob`ektlar ro`yxatini tuzish: matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.
7-sinfda O`rta Osiyo tabiiy geografiyasini o`rganishda ishlar biroz 
murakkablashadi. Mazkur kurs bo`yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin: 
matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va
bog`liqliklarni ko`rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o`lkalar) jadvalini 
tuzish, iqlimiy jadvallar tuzish va h.k).
8 - sinfda “O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kurs o`tiladi. 
Mazkur kurs darsligi bo`yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja 
tuzish; turli xil kartalar bilan ishlash (foydali qazilmalar, ma`muriy, iqtisodiy, 
transport va h.k. % jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslari, tarmoqlar 
bo`yicha iqtisodiy ko`rsatkichlar); chizmalar (diagrammalari bilan ishlash) va h.k. 
9 - sinfda “jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursida o`tiladi. 
Mazkur kursni o`rganishda o`quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: 
matnni o`qib xulosalar tayyorlash; iqtisodiy geografik кartalarni tahlil qilib ma`lum 
bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish, yoki bo`lsa sanoat va qishloq 
xo`jaligi rivojlangan xududlarni aniqlash, jadvallarini tahlili asosida turli xil 
chizmalar va diagrammalar tuzish va h.k.

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin