10
komp`yuterning o`qitishdagi ahamiyati juda kuchli sezilmoqda. Sababi komp`yuter
o`qituvchining o`qitishdagi, o`quvchining o`qishidagi zamonaviy, texnik vosita
sifatida bilim berishda va bilimni o`zlashtirishda katta imkoniyatlarga ega.
Boshlang`ich sinflarda komp`yuter o`quvchilarni o`quv
va hisoblash
ko`nikmalari bilan ta`minlashda keng foydalanilmoqda. Masalan, o`quvchilar
matematikadan komp`yuter yordamida qo`shish, olish, ko`paytirish va bo`lish
amallarini bajarishga, har turli didaktik o`yinlar o`ynashga, ona tilidan
mashg`ulotlar ishlashga o`rganadi.
Yuqori sinflarda komp`yuterdan barcha fanlarni o`qitishda foydalaniladi.
Masalan, biologiya darslarida komp`yuterda paxtaning tarkibi modellashtiriladi,
kimyo darslarida har turli reaktsiyalar ishlanadi, Qoraqalpog`iston tarixi darslarida
xronologik jadvallar tuziladi. O`zbekiston geografiyasi
darslarida ayrim
hududlarga iqtisodiy geografik tavsif ishlanadi, va h.k. Komp`yuter yordamida
o`kuvchilarga fan (mavzu) bo`yicha ko`rgazmali ma`lumotlar, masala, misol,
mashg`ulot, test va boshqa materiallar tez tavsiya qilinishi va tez echilishi mumkin.
O`qitish jarayonida komp`yuterni qo`llash uchun fan metodistlari tomonidan
muayyan tilda, algoritmda plenkaga yozilgan maxsus o`qitish dasturlari tuziladi.
O`quvchilar dastlab komp`yuterda u dasturning ayrim qismlarini bajarishga, keyin
butun dasturni bajarishga o`rganadi.
Maktablarimizda matematika, fizika, kimyo,
biologiya, geografiya va
boshqa fanlarni o`qitishda komp`yuterni foydalanish o`qitish qoidasiga
aylanmoqda. U o`quvchilarimizning o`z-o`zini tekshirishida,
topilgan hato
kamchiliklarni mustaqil tuzatishda, o`qituvchining bilim berishida, har bir
o`quvchining bilimni o`zlashtirish
sifatini aniqlashda, reyting tekshirish va
baholashda tengi yo`q o`qitishning ajoyib texnik murakkab xizmatini bajaradi.
Faqat bu emas komp`yuterdan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ham har
tomonlama foydalanishga bo`ladi.
Hozirgi vaqtda internet texnologiyasiga asoslangan bolalar va yoshlarning
respublika komp`yuter axborot tarmoqlarini tuzish masalasi quyilmoqda. Ularning
ishga tushishi bilan o`quv
yurtlari, maktablar uchun komp`yuter tarmoqlari va
11
internet bilan bog`lanish imkoniyati to`g`iladi. O`quvchilar, talabalar bo`lsa
komp`yuter tarmoqlari orqali hozirgi zamon axborot texnologiyasi haqida ko`p
narsani bilib oladi, o`zlarining bilimini to`liqtirishga va amalda qo`llashga
o`rganadi. Respublikamizning xohlagan hududida o`quvchilar bir-biri bilan bir
vaqtning o`zida bevosita, aloqa qila oladigan bo`ladi. Birgalikda misol, masala, test
echishga,
imtihon topshirish, har turli konkurs, musobaqa va olimpiadalarga
qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: