Internet. Internetning o`ylab topilishi natijasida jahon pedagogikasida,
milliy pedagogikamiz va ta`lim tizimida internet davri boshlandi. Internetning
O`zbekiston va Qoraqalpog`istonga olib kelinishi tarixiy ahamiyatga ega voqea
bo`ldi. U respublikamiz aholisi, ayniqsa ta`lim xodimlari orasida katta qiziqish
to`g`dirdi.
Internet – bu jahon ma`lumotlar fondi. Uning bilan komp`yuter tarmoqlari
orqali aloqa qilib 1-2- daqiqa ichida xohlagan ilm-fan, texnika, texnologiya
bo`yicha o`zingizni qiziqtirgan masalaga javob olishga bo`ladi.
Respublikamizda internetning ishga qo`shilishi sababli butun aholimiz, har
bir o`quv yurti bilan, o`qituvchi, o`quvchi, talaba unga qo`shilish va u bilan ish
olib borish, kerakli ma`lumotlarni olish, yuborish va tarqatish imkoniyatiga ega
bo`ldi. Elektron pochta, elektron kutubxona, elektron muzey xizmatlaridan
foydalanish, qo`shni respublikalar va jahondagi barcha davlatlardagi internetlarda
ishlash, ulardan foydalanadigan odamlar bilan aloqa qilish, ma`lumotlar almashish
imkoniyatlari yuzaga keldi.
Internet o`qituvchining bilim berishdagi, o`quvchi va talabaning bilim
olishdagi imkoniyatlarini oshiradi. Internet yordamida masofadan dars berish,
masofadan o`qitish, mustaqil bilim olish, konferentsiya, konkurs, musobaqa,
olimpiada, ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkazish, imtihon topshirish imkoniyati
paydo bo`ldi. Darslik, o`quv qo`llanmasini va har turli kitoblarni o`qish, gazeta va
jurnallar bilan tanishish juda osonlashdi. O`quvchilar va talabalarning qo`shiq
tinglab, televizor ko`rib madaniy dam olishiga qo`lay sharoitlar yaratildi.
12
1.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi
Geografiya darsligining tuzilishi. Darslik bilan ishlash texnologiyasi
Geografiya ta`limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo`lib hisoblanadi,
shuning uchun ular asosiy o`qitish vositalaridir.
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo`lishi, metodik va
pedagogik jihatdan asoslangan bo`lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi
o`quvchilarni o`qishga o`rgatishga yo`naltirilgan. Darslik juda ko`p ta`limiy
vazifalarni bajaradi.
Darslik bilan ishlaganda o`quvchilar quyidagi ishlarni bajarishadi: matn
bilan ishlash usullari ; kartografik ma`lumotlar bilan ishlash usullari; statistik
ma`lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar, fotografiyalar bilan ishlash
usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari; matndan tashqaridagi materiallar
bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan ishlash usullari va x. k.
Geografiya o`qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va
o`zlashtirgan taqdirdagi darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish mumkin.
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo`linadi (1-rasm):
a) darslikning o`quv matni
b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri yana o`z
navbatda alohida – alohida qismlarga bo`linib ketadi.
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o`quvchilar uchun
yangi ma`lumotlar beriladi.
Darslikning matnida ma`lum bir mavzuning bayoni berilgan va u quyidagi
qismlardan iborat: nazariyalar, tushunchalar, tavsiflar va metodologiya.
Nazariyalar, ilmiy tushunchalar, qonuniyatlari, tamoyillari, dunyoqarash g`oyalar
va yakuniy xulosalar iborat. Darsliklarda ko`p xollarda tushunchalarni
ifodalaydigan atamalar shriftlar bilan ajratiladi. Izohli material geografik aloqa va
bog`liqliklarni.
Darslikning matnida tabiiy va iqtisodiy geogeografik komplekslar orasidagi
o`zaro aloqalarini ochib beradi, ishlab chiqarish tarmoqlarni joylanish
tamoyillarini, u yoki bu tabiiy voqea va hodisalarni sababini tushuntirib beradi.
13
Ayrim xollarda matndagi tushunchalar muammoli xususiyatlarga ega bo`lishi
mumkin, bu esa o`quvchilarni ijodiy tafakkurrini rivojlanishga va bilim faoliyatini
faollashuvga imkan beradi.
Geografik matnlarning asosiy xususiyatlaridan biri voqea va hodisalarni
bayoniga bag`ishlangandir. Masalan, sharoit tavsifi, iqtisodiy geografik tavsif, va
h.k.
Darslikning matnida ilmiy belgilarni olish usullari hamda fanning metodlari
bilan tanishishga katta ahamiyat berilgan. Masalan, kartografik usul, landshaft
usul, aerometodlar, kosmik usul va h.k.
Darslik matnida o`quv metodlarini bayonida juda ko`p mantiqiy aloqalar
uchraydi. Masalan, shuning uchun, shunday qilib, demak, agar, shundan kelib
chiqqan holda va h.k. matn bayoni davomida ayrim hollarda topshiriqlar uchrab
qolishi mumkin. Masalan, tushuntirib bering nima uchun shimoliy yarim sharda
daryolar o`ng qirg`og`ini emiradi; aytingchi daryolarning nishabi ular tezligiga
qanday ta`sir qiladi; o`ylab ko`ring nima uchun Afrikada qaloq davlatlar ko`p va
h.k. shunday qilib matnni tuzilishini o`zi o`quvchilarni o`quv materialini
tushunishga yo`naltiriladi, yangi bilimlarni o`zlashtirishni osonlashtiradi.
Darslik matnini o`quvchilar tomonidan tushuntirishi va o`zlashtirilishi
murakkab jarayon xisoblanadi. U quyidagi omillarga bog`liq:
a) o`quvchilarda zarur bilimlarni bor yoki yo`qligi;
b) matndagi tanish va notanish so`zlarning nisbatiga;
v) matnni o`qish ko`nikmasini shakllanish darajasiga.
Matndan tashqaridagi ma`lumotlar o`qitish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Matndan tashqaridagi ma`lumotlarga quyidagilar kiradi:
a) savol va topshiriqlar;
b) mundarija, shriftlar, sanali belgilar;
v) ko`rgazma metodlar.
Har bir darslik juda ko`p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular
tushunchalarni o`zlashtirishga, geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalarni
14
aniqlashga, ko`nikmalarni qo`llash yo`naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni
turli joylarida uchraydi: yangi mavzuni oldida; matnni ichida; matnni oxirida.
Darslik matnini oldida joylashgan savol va topshiriqlar o`quvchilar
tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Masalan, biror xududni iqlimini o`ganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar
haqidagi bilimlarini faollashtirish.
Matnni ichidagi savol va topshiriqlar o`quvchilarini fikrlash faoliyatini
yangi o`quv materialini o`zlashtirishga yo`naltiradi. Matnni so`ngida berilgan
savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko`nikmalarni qo`llashga yo`naltiradi.
Masalan, daryolar mavzusini o`tganda, daryo nima, o`zan nima, daryo vodiysi,
daryoni to`yinishi haqida olingan bilimlarni qo`llash mumkin.
Yirik bo`limlar so`ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga ega bilimlarni tartibga undaydi, o`quvchilarni
umumiy dunyoqarash xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko`rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi kartalar :
muqovadagi kartalar ; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko`rgazmalar faqat matnni
mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbai bo`lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug`atda
mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro`yxati beriladi.
Dostları ilə paylaş: |