Ko`rgazmali vositalar: rasm, plakat, sxema, karta, chizmalar, jadval,
diagramma, mulyaj, chuchela, kartochka, al`bom, va h.k., texnik vositalar:
diafil`m, diapozitiv, kinofil`m, videomagnitofon, televidenie, magnit lentasidagi
yozuvlar, gramplastinka, o`qitadigan mashinalar, lingafon kabineti, fil`moskop,
epidioskop, kodoskop, kinoproektor va boshqalar borgan sari keng
foydalanilmoqda.
Keyingi yillari o`qitishning texnik vositalariga uning yangi turlari: EHM,
komp`yuter va internet qo`shildi. Ulardan foydalanib o`qitish jarayonini tashkil
qilish o`qituvchilar jamoalari orasida katta qiziqish o`yg`otmoqda.
Maktabda tashkil etilgan fan kabinetlari, o`qish va ish xonalari ma`lum
darajada ko`rgazmali va texnik vositalar bilan ta`minlangan. Fan kabinetlarida
ko`rgazmali va texnik vositalardan foydalanib dars o`tish o`qituvchilarga katta
qo`layliklar yaratdi, o`qitishning sifatini oshirishga imkoniyat to`g`dirdi.
Ko`rgazmali va texnik vositalar darsning mavzusi, maqsadi, vazifalari,
mazmuni, bosqichlariga ko`ra oldindan tayyorlanib quyiladi va zarur joyida, kerak
vaqtida, o`z o`rnida foydalaniladi. Shundagina ulardan foydalanish yaxshi natija
8
beradi. Ko`rgazmali va texnik vositalarni haddan tashqari qo`llash o`quvchilarning
diqqatining bo`linishiga, darsning sifatining pasayishiga, natijasining kamayishiga
sababchi bo`ladi.
Shuning uchun o`qituvchi ko`rgazmali va texnik vositalarni tanlashda yana
foydalanganda o`qitish jarayonini tashkil qilish turlarini, an`anaviy va no`ananaviy
darslarning hususiyatlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish
metodlarini hisobga olish lozim.
O`qitishning har bir texnik vositasi o`ziga xos xususiyatlarga va
imkoniyalarga ega.
Diafil`m. O`qitish jarayonida keng qo`llaniladigan texnik vositalardan biri
diafil`m. U qora, oq va rangli turda chiqariladi, juda arzon, undan barcha fanlarni
o`qitishda foydalanishga bo`ladi. Diafil`mlar statistik materiallarni ko`rsatganda
kinofil`mning
o`rnida
ham
foydalaniladi.
U
o`quvchilarning
diqqatini
o`rganilayotgan maummoga to`plashga, uni o`rganishga va tanlashga katta yordam
beradi. Rasm, jadval, plakat va sxemalardan foydalanib har bir mavzu uchun
qo`ldan diafil`malar tayyorlasa bo`ladi. Diafil`mlarni darsning bosqichlariga
muayyan ketma-ketlikda juda qo`lay foydalanish mumkin.
Kino. Maktab amaliyotida kino o`quvchilarga ilmiy-amaliy materiallarni
bayon etishda, yangi materiallarni tushintirishda katta imkoniyatlarga ega
bo`lganlikdan ko`pdan foydalaniladi. Shuning uchun respublikamizda barcha
fanlar bo`yicha yuzlab kinofil`mlar chiqarilgan. Kino, darsning ayrim
bosqichlarida yoki butun dars jarayonida ko`rsatilishi mumkin. U o`quvchilarni
yangi material bilan tanishtirish, darsga qiziqtirish, hikoya o`tkazish, muammoni
echish, o`tilganlarni mustahkamlash, takrorlash va boshqa maqsadlarda
foydalaniladi. Fil`mni ko`rsatish hikoya, tushintirish, ma`ruza, tajriba boshqa
metodlar bilan birgalikda olib boriladi. Ilmiy - ommobap, hujjatli va badiiy fil`mlar
odatda o`quvchilarga darsdan tashqari vaqtlari ko`rsatiladi. Ular o`quvchilarning
bilimini
yanada
chuqurlashtiradi,
umuminsoniy
va
milliy
fazilatlarni
shakllantirishga be`baho yordam beradi.
|