30
- texnik vositalardan ko`rsatiladigan geografik voqea va hodisalar dars mavzusiga
mos bo`lishi lozim;
- texnik vositalarning qo`llash oldidan uning ishlash tamoiyli, mazkur darsda nima
ko`rsatilishi haqida o`qituvchi axborot bermog`i lozim;
- o`qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo`yilishi lozim. Uni dars
jarayonida sozlash o`quv soatini ancha qismini olib qo`yilishi mumkin;
- texnik vositalar orqali ma`lum bir mavzuni o`rganishda uni alohida qismlarga
bo`lish lozim;
Har bir qismda ko`zda tutilgan material tugallangandan so`ng o`qituvchi
izoh berishi, namoyish qilingan geografik voqea va hodisalarni o`quvchilarni
qanday qabul qilganini tekshirib ko`rish mumkin. Ko`zda tutilgan materiallar
namoyish qilib bo`lingandan so`ng o`qituvchi darsni yakunlashi lozim;
-
namoyish etilgan material aniq va ravshan ko`rinishi lozim.
Geografiya darslarida foydalanadigan o`qitishni texnik vositalarni quyidagi
guruhga bo`lishimiz mumkin:
-
o`qitishni audiovizual vositalari;
-
o`qitishni videotexnika vositalaridan foydalanish;
-
o`qitishda axborot vositalaridan foydalanish.
O`qitishni audiovizual vositalariga o`quv kinosi, teleeshittirishlar, diafil`mlar,
diapozitivlar, transportlar kiradi.
Videotexnika vositalariga turli xil videomagnitafonlar kiradi. O`qitishni
axborot vositalariga komp`yuterlar, internet imkoniyatlari, masofaviy o`qitish
vositalari kiradi.
O`qituvchi o`quv yilini boshida texnika vositalardan foydalanish rejasini
tuzmog`i lozim yoki kalendar rejada texnika vositalardan foydalanish bo`limi
bo`lmog`i lozim.
Mazkur reja asosida texnika vositalari hafta boshida tayyorlab qo`yilmog`i
zarur.
Dostları ilə paylaş: