Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Televidenie. Respublikamizning televizion stantsiyalari oliy va o`rta maxsus 
va xalq ta`limi vazirliklari bilan birgalikda o`quvchilar va talabalar uchun fanlar 
bo`yicha maxsus o`quv ko`rsatuvlarini tashkil qilmoqda. Ularning dasturlari 
maxsus turda nashrdan chiqariladi. Respublika gazetalari sahifalarida e`lon 
qilinadi, haftalik televidenie dasturlarida o`quv ko`rgazmalari kiritilgan. 
Maktabning imkoniyatlariga ko`ra maxsus o`quv ko`rsatuvlarini dars jadvaliga 
muvofiq bevosita dars jarayonida ko`rishga bo`ladi. Uning metodikasi juda sodda. 
Unday darslar o`qituvchining yangi mavzuga kirish hikoyasidan, agar 
mustahkamlash dars turi bo`lsa avvalgi materialni takrorlashdan boshlanadi, 
shundan keyin televizor ko`rsatiladi. Rejalashtirilgan fil`m qismi ko`rsatilib 
bo`lingandan keyin televizor o`chiriladi va o`qituvchi ko`rilgan materialni 
o`quvchilar bilan birgalikda muhokama qiladi, umumlashtiradi va xulosa 
chiqaradi.
Bulardan boshqa televidenie orqali chet tillarni o`rganuvchilar, tashqaridan, 
oraliqdan va yuqori o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun maxsus ko`rsatuv darslari 
berilmoqda. Markaziy televidenie bo`yicha beriladigan «Dunyo geografiyasi», 
«Hayvonatlar dunyosi», «Sayohatchilar klubi» kabi ko`rsatuvlarni juda qiziqib 
ko`radi. 
Videomagnitofon. Videomagnitofonning paydo bo`lishi va uning 
qo`llanilishi 
o`qituvchilarni 
ta`lim-tarbiya 
jarayonini 
tashkil 
etishdagi 
imkoniyatlarini juda ko`paydi. Videomagnitofon bilan darslar, tarbiyaviy ishlar, 
laboratoriya va amaliy ishlar, tajribalar, respublika televideniesining har turli 
maxsus o`quv ko`rsatkichlari yozib olinib o`quvchilarga darsda, darsdan va 
maktabdan tashqari ishlarda ko`rsatiladigan bo`ldi. Oldingi qatordagi maktablar va 
tajribali o`qituvchilar darsda videomagnitofondan keng foydalanilmoqda. Ular 
hatto videomagnitofondan foydalanib o`zlarining o`quv-tarbiya ishlarini televizor 
orqali o`quvchilarga ko`rsatishga erishdi.

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin