Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ko`rgazmali vositalar: rasm, plakat, sxema, karta, chizmalar, jadval, 
diagramma, mulyaj, chuchela, kartochka, al`bom, va h.k., texnik vositalar: 
diafil`m, diapozitiv, kinofil`m, videomagnitofon, televidenie, magnit lentasidagi 
yozuvlar, gramplastinka, o`qitadigan mashinalar, lingafon kabineti, fil`moskop, 
epidioskop, kodoskop, kinoproektor va boshqalar borgan sari keng 
foydalanilmoqda. 
Keyingi yillari o`qitishning texnik vositalariga uning yangi turlari: EHM, 
komp`yuter va internet qo`shildi. Ulardan foydalanib o`qitish jarayonini tashkil 
qilish o`qituvchilar jamoalari orasida katta qiziqish o`yg`otmoqda.
Maktabda tashkil etilgan fan kabinetlari, o`qish va ish xonalari ma`lum 
darajada ko`rgazmali va texnik vositalar bilan ta`minlangan. Fan kabinetlarida 
ko`rgazmali va texnik vositalardan foydalanib dars o`tish o`qituvchilarga katta 
qo`layliklar yaratdi, o`qitishning sifatini oshirishga imkoniyat to`g`dirdi. 
Ko`rgazmali va texnik vositalar darsning mavzusi, maqsadi, vazifalari, 
mazmuni, bosqichlariga ko`ra oldindan tayyorlanib quyiladi va zarur joyida, kerak 
vaqtida, o`z o`rnida foydalaniladi. Shundagina ulardan foydalanish yaxshi natija 



beradi. Ko`rgazmali va texnik vositalarni haddan tashqari qo`llash o`quvchilarning 
diqqatining bo`linishiga, darsning sifatining pasayishiga, natijasining kamayishiga 
sababchi bo`ladi. 
Shuning uchun o`qituvchi ko`rgazmali va texnik vositalarni tanlashda yana 
foydalanganda o`qitish jarayonini tashkil qilish turlarini, an`anaviy va no`ananaviy 
darslarning hususiyatlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish 
metodlarini hisobga olish lozim.
O`qitishning har bir texnik vositasi o`ziga xos xususiyatlarga va 
imkoniyalarga ega. 
Diafil`m. O`qitish jarayonida keng qo`llaniladigan texnik vositalardan biri 
diafil`m. U qora, oq va rangli turda chiqariladi, juda arzon, undan barcha fanlarni 
o`qitishda foydalanishga bo`ladi. Diafil`mlar statistik materiallarni ko`rsatganda 
kinofil`mning 
o`rnida 
ham 
foydalaniladi. 

o`quvchilarning 
diqqatini 
o`rganilayotgan maummoga to`plashga, uni o`rganishga va tanlashga katta yordam 
beradi. Rasm, jadval, plakat va sxemalardan foydalanib har bir mavzu uchun 
qo`ldan diafil`malar tayyorlasa bo`ladi. Diafil`mlarni darsning bosqichlariga
muayyan ketma-ketlikda juda qo`lay foydalanish mumkin.
Kino. Maktab amaliyotida kino o`quvchilarga ilmiy-amaliy materiallarni 
bayon etishda, yangi materiallarni tushintirishda katta imkoniyatlarga ega 
bo`lganlikdan ko`pdan foydalaniladi. Shuning uchun respublikamizda barcha 
fanlar bo`yicha yuzlab kinofil`mlar chiqarilgan. Kino, darsning ayrim 
bosqichlarida yoki butun dars jarayonida ko`rsatilishi mumkin. U o`quvchilarni 
yangi material bilan tanishtirish, darsga qiziqtirish, hikoya o`tkazish, muammoni 
echish, o`tilganlarni mustahkamlash, takrorlash va boshqa maqsadlarda 
foydalaniladi. Fil`mni ko`rsatish hikoya, tushintirish, ma`ruza, tajriba boshqa 
metodlar bilan birgalikda olib boriladi. Ilmiy - ommobap, hujjatli va badiiy fil`mlar 
odatda o`quvchilarga darsdan tashqari vaqtlari ko`rsatiladi. Ular o`quvchilarning 
bilimini 
yanada 
chuqurlashtiradi, 
umuminsoniy 
va 
milliy 
fazilatlarni 
shakllantirishga be`baho yordam beradi.




Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin