Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakulteti shahar qurilishi va xo


Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə2/9
tarix07.01.2024
ölçüsü60,42 Kb.
#202752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakul-fayllar.org

1. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi
Jamoat vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
  1. Ta’lim-tarbiya vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar.


    1. Ta’lim va kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan muassasalar:


- maktabgacha ta’lim muassasalari;


- umumta’lim muassasalari: maktab, gimnaziya, litsey, kollejlar;
- kasb-hunar (boshlang‘ich, o‘rta, oliy va diplom oldi) ta’lim muassasalari.
    1. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (maktab o‘quvchilari va yoshlar uchun).


    2. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (aeroklub, avtomaktab, mudofa ta’lim muassasalari va sh.k.).


  1. Sog‘liqni saqlash va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish binolari va xonalari.


    1. Sog‘liqni saqlash muassasalari:


  • Statsionar bo‘linmali davolash muassasalari, tibbiy markazlar va sh.k.


  • Ambulatoriya-poliklinika va tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasalari;


  • Dorixonalar, qon quyish stansiyalari va boshqalar;


  • Tibbiy-reabilitatsiya va korreksiya muassasalari (shu jumladan bolalar uchun ham).


    1. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari:


- statsionari bo‘lmagan muassasalar;


- statsionari bor muassasalar, shu jumladan bolalar uchun vasiylik muassasalari.
  1. Aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish binolari va xonalari.


    1. Chakana va mayda ulgurji savdo korxonalari.


    2. Umumiy ovqatlanish korxonalari.


    3. Aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi noishlab chiqarish korxonalari:


- aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kommunal xo‘jalik muassasalari;


- fuqarolik marosimlari muassasalari.
    1. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan aloqa muassasalari va korxonalari.


    2. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport muassasalari:


- transportning barcha turlari uchun vokzallari;


- yo‘lovchilarga (shu jumladan turistlarga ham) xizmat ko‘rsatish muassasalari.
    1. Sanitariya-maishiy vazifalar uchun mo‘ljallangan inshoot, bino va xonalar.


    2. Veterinariya muassasalari.


  1. Aholining madaniy-hordiq chiqarish faoliyati va diniy marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan inshootlar, binolar va xonalar.


    1. Jismoniy tarbiya, sport va jismoniy tarbiya-hordiq chiqarish muassasalari.


    2. Madaniy-ma’rifiy muassasalar va diniy tashkilotlar:


  • Kutubxonalar va o‘qish zallari;


  • Muzey va ko‘rgazmalar;


  • Diniy tashkilotlar va aholi uchun diniy muassasalar.


    1. Tomosha va hordiq chiqarish-ko‘ngil ochar muassasalar:


  • Tomosha muassasalari;


  • Klublar va hordiq chiqarish-ko‘ngil ochar muassasalar;


  • Delfinariy, akvapark, attraksionlar komplekslari va shu kabilar.


  1. Vaqtinchalik istiqomat qilish binolari va xonalari.


    1. Mehmonxonalar, motellar va boshqalar.


    2. Sanatoriya, pansionat, dam olish uylari, turizm muassasalari, bolalar va yoshlar uchun yil bo‘yi ishlaydigan lagerlar va shu kabilar.


    3. O‘quv muassasalarining yotoqxonlar va internatlarning yotoqxona korpuslari.


Ushbu ro‘yxatga jamoat binolarining quyidagi guruhlarini kiritish lozim.


  1. Ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlari va boshqarmalari.


    1. ITI va loyiha tashkilotlarining binolari.


    2. Arxivlar va axborot markazlarining binolari.


    3. Boshqaruv muassalarining binolari:


  • Vazirliklar, idoralar, elchixonalar va konsulxonalarning binolari;


  • Viloyat, shahar, tuman va posyolka ma’muriyatlarining binolari;


  • Ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyatining binolari.


    1. Ishbilarmonlik markazlarining binolari:


  1. Kredit-moliya muassasalarining binolari.


    1. Bank binolari va komplekslari:


- markaziy (emissiya) banklar;


- tijorat banklari;
- omonat kassalari.
    1. Hisob-kitob-kassa markazlari.


    2. G‘aznachilik binolari.


    3. Birjalarning binolari.


  1. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar.



Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin