Ishchi va informatsion-texnik vazifasiga oid xonalar.
3.3 Har-xil vazifadagi ma’muriy binolardagi ishchi xonalar tarkibiy bo‘linmalar (bo‘limlar) uchun xodimlarni kompyuter yoki mahsus chizma stoli bilan jihozlangan ish joyi 6m2 hisobidan belgilanishi zarur; oddiy ish stollaridan foydalanilganda bir ishchi joyini maydoni 4m2 bo‘lishi ruhsat etiladi (KMK 2.08.02 ga muofiq) ishchi zallarini, ishchi joylarini ajratib o‘rnatilgan va ko‘chma seksiyali uskunalab loyihalashtirishga ruhsat etiladi; xonalarni chuqurligi(eni)tabiiy yoritish va shamollatish talabini xisobga olish aniqlanadi.
Etakchi mutahasislar a bo‘linmalar rahbari uchun bir ishchi joy 9m2 maydon hisobidan mo‘ljallanadi; qabulga keluvchilarni hisobi bilan-12m2dan kam bo‘lmasligi kerak. Kabinetlar maydoni loyihalashtirish topshirig‘i bo‘yicha jadvaldagi ko‘rsatkichlarni hisobga olish belgilanadi. Izoh:1. Qayta o‘lchamli maxsus uskunali ishchi joylarni maydoni loyihalashtirish topshirig‘i bilan belgilanadi. Ma’muriy bino tarkibida joylashgan labaratoriyalar uchun xona maydoni joylashtiriladigan uskunalar hisobi bilan 6-12 m2 etib belgilanadi.
2.Ishchi xonalarda, xizmat xujjatlari uchun o‘rnatilgan shkaflar konkret sharoit bo‘yicha belgilanadi (taxminan 0,1m2 xisobidan bitta xodim uchun)
3.4 Vazirliklar, qo‘mitalar, xokimiyatlar, xo‘jalik boshqaruvi tashkilotlari raxbarlarining kabinetlari 1 jadval ko‘rsatkichlari xisobi bilan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Davlat boshqaruvi tashkilotlarining ishchi xonalari va kabinetlari maydonini hisob ko‘rsatkichlari