Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakul-fayllar.org
2- 6 -Qavat loyhasi
Z I N A L A R
Zinalar qavatlar orasidagi aloqani amalga oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardir, bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong‘in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak. Loyihalanayotgan «yakka buyurtmachilarga kiyim tikish atelesi»ning zinalari temir-betondan iborat bo‘lib, o‘zaklar va to‘rlar bilan armaturalangan.
Zinalar hisobi Zina va zinapoya o‘lchamlarini bir qavati balandligiga qarab aniqlashni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.
Bino qavati balandligi N=7.5m, marsh kengligi v=1,5m. Zina nishabi 1:2 bo‘lgan turar-joy binosi uchun ikki marshli zina o‘lchamlarini aniqlash talab etiladi.
Bu masalani echishda pillapoya o‘lchamlarini 300x150 mm ga, zinapoya kengligini esa, V=2v+100=2x1050+100=2100 mm qilib olamiz. Bu erda marshlar orasidagi tirqish kengligi -100mm (3-rasm). Bitta marsh balandligi:
N/2=3300/2=1650 mm.Bitta marshdagi pillapoyalar soni: P=1650/150=11.
Bunday pillapoyalar sonini 10 ta qilib olamiz, chunki eng yuqoridagi pillapoya sahni zina maydonchasi sahni balandligida bo‘lib, u bilan bir tekislikda joylashgan bo‘ladi, ya’niP-1=11-1=10Marsh gorizontal proeksiyasining uzunligi A=300(p-1)=300 x 10=3000 mm. Qavat ichidagi zina maydonchasi bilan qavat sahniga to‘g‘ri kelgan zina maydonchasini 2500 mm qilib olinib, zinapoyaning to‘liq uzunligini topamiz:
mm.
QAVATLAR ARO YOPMALAR Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko‘taruvchi va to‘sib turuvchi gorizontal konstruksiyalar bo‘lib, binoning balandligi bo‘yicha qavatlarga bo‘lib turadi. Qavatlararo yopmalar o‘zining xususiy og‘irligini, vertikal to‘sib turuvchi konstruksiyalar yukini, undan tashqari, intererda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko‘tarib bu yuklarni binoning yuk ko‘taruvchi devoriga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyasiyasi va issiqlik izolyasiyalarini ta’minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko‘ra bino devorlari kabi muhim va ma’suliyatli konstruksiya hisoblanadi.
Loyihalanayotgan «yakka buyurtmachilarga kiyim tikish atelesi»ning qavatlararo yopmalar konstruksiyalari temirbetondan yig‘ma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm.
P O L L A R Qavatlararo yopmalar ustidan pollar o‘rnatiladi. Pollar asosan qo‘l kuchi bilan bajariladigan binoning ichki gorizontal sathi hisoblanadi.
Pollar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak: mustahkamlik va chidamlilik, gigienik, badiiy, akustik va h.k.