Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakulteti shahar qurilishi va xo


Ma’muriy binolarga qo’yiladigan umumiy talablar



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü60,42 Kb.
#202752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakul-fayllar.org



2. Ma’muriy binolarga qo’yiladigan umumiy talablar

2.1 Ma’muriy binolar sig‘imi boshqarma va bo‘limlarni xodimlar shtati miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi; bunda hisob sig‘imiga quyidagilar kiritilmaydi: Xizmat xodimlari (oshxona va medpunkt ishchilari, shoferlar) va ekspluatatsiya ishchilari, (far-roshlar, vaxtyor-lar, dvorniklar, elektromontyorlar, mexaniklar va boshqalar)


Ma’muriy binolar sig‘imi loyihalashtirish topshirig‘i orqali belgilanadi; qishloq ma’muriy binolari uchun shtatsiz xodimlarni hisobga olishga ruxsat etiladi.
2.2 shahar va qishloq axoli yashaydigan punktlardagi ma’muriy binolarni jipslashtirish amaldagi qonun va normativ xujjatlar talabiga, bosh plan (qurilish loyihasi yoki PDP), loyihalashtirish uchun arxitektura-planlashtirish topshirig‘iga mos kelishi lozim.
Er uchastkalarini o‘lchami va ularni tuzilishi, binolar va avtostoyanka yo‘lkalarini qo‘shib xisoblaganda SHNK 2.07.01 asosida ko‘rib chiqilishi kerak.
2.3 Ma’muriy binolar qavati soni bosh plan (yoki PDP) loyihalashtirish topshirig‘i va amaldagi normalar(KMK 2.08.02; KMK 2.01.03) asosida belgilanadi. Amaldagi loyihalashtirish normalari 16 qavatdan yuqori bo‘lmagan binolarga tegishlidur, 16 qavatdan yuqori bo‘lgan binolarga mahsus tehnik-iqtisodiy asoslar va texnik talablar ishlab chiqilishi kerak.
Izoh: Binoning balandligi yuqori qavat balandligi (texnik qavatdan tashqari) bilan o‘lchanadi. Qavatlar balandligini joylashuvi o‘t o‘chirish mashinalarini o‘tish darajasi va tashqi devorlarni ochiladigan eshik (deraza) o‘rinlarini pastki chegarasini farqlanuvchi sathi bilan belgilanadi.
2.4 Ma’muriy binolarni hajm-planlashtirish tarkibi va qavatini belgilashda KMK- 2.07.02ga muvofiq kursi-aravachali nogironlarga qulaylik hisobga olinishi kerak.
2.5 Liftlar va ko‘targich moslamalari KMK 2.08.02ga muvofiq hisobga olinishi kerak. Kursi-aravachali nogironlar uchun liftlar yoki mahsus ko‘targich moslamalari loyihalashtirish topshirig‘ida ko‘rsatiladi.
2.6 Binolarni hajm-planlashtirish va injener-texnik echimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • Odamlarni qutqarish tadbirlari, binodan tutashgan maydonga odamlarni tezda evakuatsiya etish;


  • O‘t o‘chiruvchilarni yaqin kelishi va o‘t o‘chog‘iga o‘tni o‘chirish qurollarini etkazib berish;


Moddiy zararni kamaytirish.


Balandligi 10 qavat va baland binolarda bitta yo‘lovchi tashuvchi lift o‘t o‘chiruvchi bo‘linmalarni tashish uchun hisobga olinishi kerak.
2.7 Fuqorolarni himoyalash injener-texnik tadbirlar KMK 2.01.17 va muassaviy normativ hujjatlariga muvofiq loyihalashtirish topshirig‘ida ko‘rsatilishi kerak.
2.8 Atriumli binolarni KMK 2.08.02 talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.
Binoning er osti qismi xonalari va yo‘laklari atrium bilan faqat yong‘in paytida havo tirgaki bilan ta’minlangan xolda tambur-shlyuzi orqali bog‘lanadi.
2.9 Loyihalash echimlari binolarni texnik xizmat talabini ta’mirlash va uskuna elеmentlarini almashtirishni hisobga olishi kerak.
2.10 yong‘in postlari xonalarini maydoni birinchi yoki sokol qavatida tabiiy yoriqlik bilan ta’minlangan holda nazarga olinishi kerak.
Binolardagi yong‘in postlarini hisob sig‘imi10-15m2(maydon loyihalashtirish topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi) xonalar nazarga olinadi.
2.11 Ma’muriy binolarni xonalari balandligi KMK 2.08.02 ni talablariga mos kelishi kerak; ma’muriy-idora xonalarining balandligi turar-joy binolari hajmida joylanib KMK 2.08.01 bo‘yicha qabul qilinadi. Yo‘laklar va xonalarni sof (yorug‘da) balandligi 2.4m dan kam bo‘lmasligi kerak; Turar joy binolari hajmida joylashuvida ayrim xollarda balandligi 2.2m bo‘lishiga ruxsat etiladi.
2.12 Ma’muriy binodan evakuatsiya yo‘llarini tashkil etishi va konferens-zollar, majlislar zali va auditoriyalar KMK 2.08.02 talabiga mos kelishi lozim.
2.13 Evakuatsiya va yo‘laklarni yo‘li eni KMK 2.08.02 talablariga mos kelishi kerak. Yo‘laklarni eni1,5m dan kam bo‘lmasligi kerak; turar-joy hajmidagi yo‘laklarni uzunligi 10m gacha bo‘lganda 1,2m enlikga ruxsat etiladi, kursi-aravachadagi nogironlarni kira olish zonasidagi yo‘laklar eni 1,8m dan kam bo‘lishi kerak emas; ayrim uchastkalarda 1,6m ga ruxsat etiladi. Kluarlar va keluvchilar uchun kutish joylari yo‘lak rekreatsiyalar bilan birgalikda joylashuvini eni 2,4m dan kam bo‘lmasligi kerak.
2.14 Uzunligi 60m dan ko‘proq yo‘laklarni bir-biridan va yo‘lakni yon tomonidan 60 m dan ko‘p bo‘lmagan masofada joylanishi yong‘inga qarshi 2 tur pardevorlar va 3-tur o‘zi yopiluvchi yong‘inga qarshi eshiklar bilan ajratilishi kerak.
2.15 Yo‘lovchi liftlaridan chiqishlarni xoll liftlari tomonidan loyihalash zarur, shu bilan birga vestibyul yoki boshqa vazifalarga mo‘ljallangan xollar orqali, agar xoll liftlari ular maydoniga kirgan bo‘lsa. Xoll liftlariga omborga shu bilan birga yonuvchi moddalar va materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan xonalardan chiqish moslamalariga ruxsat etilmaydi. Lift xollarini eni KMK 2.08.02 talabiga mos kelishi kerak.
2.16 Avtomatik o‘t o‘chirish va yong‘in signalizatsiyalari amaldagi normalarga muvofiq ko‘rilishi kerak.
Zallardan evakuatsion chiqish eshiklari, yo‘laklarda va zina kataklari ustida yoritilgan chiqish ''chiqish'' ko‘rsatkichi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; ko‘rsatkichlarni elektor bilan ta’minlash 1-daraja ishonchligi bo‘yicha bajarilishi lozim.
2.17 Umum yo‘laklariga olib boruvchi, zina kataklari eshigi, lift hollarini va tompur-shlyuzlarni eshiklari o‘zi yopilishi va zichlanib qiya yopilishi uchun moslamalarga ega bo‘lishi ularni kalitsiz ochish uchun halaqit beruvchi qulflarni bo‘lishi kerak emas.
2.18 Tabiiy va suniy yoritish, tabiiy shamollatish va mikroklimat parametrlari, xonalarni quyosh nuridan ximoyalash amaldagi loyihalashtirish normalariga mos kelishi kerak.
2.19 Ma’muriy bino xonalarini sokol va er to‘la qavatlarida joylashtirish KMK 2.08.02 talabiga muvofiq qabul etiladi, shu bilan birga: vestibyullarga bevosita tashqariga chiqish qurilmalari konferens zallar va kluarlar, garderob xonalar, sanitar uzellari, jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari va massaj xonalari uchun ovqatlanish xonalari, bufetlar, oshxonalar, maket tayyorlovchi ustaxonalar, uskunalarni ta’mirlash, ayrim labaratoriya va texnologik sharoitlari bo‘yicha omborxonalar (yonuvchi suyuqliklar va engil alanga oluvchi modda saqlanuvchilardan tashqari), bevosita tashqariga chiquvchi quruq issiqlik hammomlari (saunalar), texnik xonalar. Xonalarni yoritishga faqat ikkinchi yorug‘likga ruxsat etiladi, ularni tabiiy yoritishsiz loyihalashtirishga ruxsat etiladi. Xonalarni derazasini, xavoni konditsionerlash tizimi bilan jixozlashda, ichki hovli tomonidan yoruqlik o‘tkazuvchi qoplamaga yo‘naltirishga ruxsat etiladi.
2.20 Ikki tomon yo‘nalishiga ega bo‘lgan xonalarda, shu bilan birga ichki xovli va ko‘chaga qaratilgan derazadan o‘t o‘chiruvchilarni avtozona va ko‘cha tomonga o‘rnatilgan avtoko‘targichlardan chiqishida yong‘inni avtomatlashtirilgan o‘chirishni ko‘rsatmaslikga ruxsat etiladi.
2.21 Ma’muriy binolarni (turar-joy binolari hajmidagi ichki qurilgan xonalardan boshqa) birinchi va соkol qavatlarida saunalarni joylashtirishga ruxsat etiladi. Saunalarni joylashtirilganda KMK 2.08.02 talablariga amal qilinishi kerak. Saunalar sig‘imi 100 kishi dan ortiq zal xilidagi xonalar bilan qo‘shilgan xolda joylashishi kerak emas.
2.22 Tavakkalchilik va jinoiy ko‘rinishlarni kamaytirish tadbirlari, muassaviy xujjatlar talabiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi MHX yoki IIV organlari bilan kelishilgan loyihalashtirish topshirig‘ida ko‘zda tutiladi.
Izox: Ko‘rsatilgan tadbirlarda nazorat qilish punktlari va texnik nazorat vositalariga kirish qo‘llanilishini, portlashdan saqlanish to‘siq konstruksiyalari va maxsus to‘siqlar, derazadagi himoya vositalari maxsus texnik jixozlangan ayrim xonalarni, shu bilan birga binolarni chordoq va er to‘lalarini qo‘llanilishini kiritish mumkin.
2.23 Maxsus xonalarda saqlanuvchi xabarlar va qimmatbaho narsalarni tajovuzlikdan saqlash maqsadida, loyihalashtirish topshirig‘ida texnik vositalarga kirishni nazorat etish, mahsus to‘siq konstruksiyalari va eshiklar nazarga olinishi kerak.
2.24 Er to‘la sokol va birinchi qavat xonalari derazalariga, xamda qavatlarni boshqa qavatlarida, ularga tutash binolaridan kirish mumkin bo‘lgan derazalarga begonalarni kirishidan himoya etish uchun reshyotkalar o‘rnatish ko‘zda tutiladi; Bunda yong‘in paytida odamlarni to‘siqsiz evakuatsiya etilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ventilyasiya teshiklari va quvrlarni o‘tkazish teshiklar kemiruvchilarni kirishidan ximoyalangan bo‘lishi kerak.
2.25 Binoning xajm-planlashtirish echimini tanlash va binoning fasad devorlarini tashqi oynalashtirish tanlovi KMK 2.01.18 bo‘yicha energiyadan foydalanishni kamaetirish talabiga mos kelishi kerak.
2.26 Binoning fasadlarini loyhalashtirganda piyodalarni iloj boricha oyna (soyabonlar, to‘siqlar va boshqalar) tushib ketishdan ximoyalashni nazarga olish kerak.
2.27 Sоkol va er to‘la qavatlarida garajlarni amaldagi loyixalashtirish normalariga muvofiq joylashtirishga ruhsat etiladi.
2.28 Fuqorolarni ximoya etish organlari, KMK 2.01.17ga muvofiq odamlarni 12 soatgacha vaqtinchalik yashirinishi uchun er to‘la хonalardan foydalanishi ko‘zda tutilgan.
2.29 Vestibyul va navbatchilar (qoravullar) xonasidan er to‘laga kirish, hududga kirish va chiqish nazorati imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak.
2.30 Bino uchastkasini to‘siqlar bilan o‘rash zaruriyati loyixalashtirish topshirig‘i orqali belgilanadi (to‘siqlar turi,uni balandligi)
2.31 Maydonlarni tashkil etish bino atrofidan aylanib o‘tish yo‘llarini bo‘lishi, uchastkani ko‘kalamzorlashtirish va boshqa maxsus talablar loyihalashtirish topshirig‘i orqali belgilanadi.
2.32 Binolarni loihalashni ishlab chiqazganda byudjet soxasiga tegishli qurilishni va foydalanishni moliyalashtirishda material va energetik resurslarni maksimum iqtisod etish talabi hisobga olinishi kerak.

3. Ma’muriy bino xonalariga qo’yiladigan talablar

Ma’muriy binolarning xonalari quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi.


1)Ishchi, informatsiya va ilmiy-texnikaga oid vazifalar.
  • Ishchi xonalarni tarkibiy bo‘linishi: Ishchi xonalar (yoki ishchi zallar), kafedralar,qabulxona va raxbar xonasi, banklarni operatsiya va kassa zallari;


  • Kutubxonalar, arxivlar, loyixa kabinetlari.


2)Yordamchi xonalarni vazifalari.


  • Maishiy-sanitar: hojatxona, yuvinish xonasi, shahsiy gigiena xonasi, dushxona;


  • Xizmat xonalari: medpunkt, sog‘lomlashtirish xonalari, oshxona, bufet;


  • Ko‘paytirish ishlarini ishlab chiqarish, ustaxonalar, muqovachilar, maket, labaratoriya uchun xonalar.


  • Vestibyul orqali kirish: vestibyul, garderob, propusk bo‘ycha kirish byurosi, o‘t o‘chirish posti, qorovul xona va boshqalar;


  • Binoning xo‘jalik xizmati xonalari: omborxona, ta’mirlash ustaxonalari;


  • Binoning texnik ustaxonalari: ventkameralar, elektro shitlar va boshqalar.


Izoh: Mahsus labaratoriya va eksperemental ishlab-chiqarishga mo‘ljallangan ishlab-chiqarish va sanoat korxonalarini xonalari texnologik va qurilish normalarini xisobga olgan holda loyihalashtiriladi.


3.2 Xonalarni tarkibi va ularni maydoni, xonalar aro aloqa vazifasi, ushbu va texnologik muassaviy loyihalashtirish normalariga muofiq loyihalashtirish topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi.
Byudjet sohasiga bog‘liq binolarni moliyalashtirish uchun, xonalarni tarkibi va maydonini taynlaganda maydonlarni (minimal darajadagi) ratsional normalarini mo‘ljallash lozim.

Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin