Izoh:1.Xonalar maydoni konkret sharoitlar bo‘yicha loyihalashtirish topshirig‘iga binoan belgilanadi. 2.Dam olish xonalari sanuzel bilan yuqori rahbarlarini kabinetlarida loyihalashtirish topshirig‘iga binoan ko‘zda tutiladi. 3.5 Rahbarlar kabinetida qabulhonalar 1 kabinetga 12m2 ikki kabinetga 18m2dan kam bo‘lmagan va odam bo‘yicha 36m2dan ko‘p bo‘lmastligi ko‘zda tutilgan.
3.6 Direksiya, boshqaruv, kengash va boshqalar uchun kasbdoshlar kengashi zallari maydoni, zallarni stollar bilan jihozlangan bir o‘rin hisobi 2m2 va zallar, qator o‘rindiqlar bilan jihozlanganda bir o‘rin uchun 0,8-1,0m2 hisobi ko‘zda tutilgan. Kengash zalidagi o‘rinlar soni loyihalashtirish topshirig‘i bo‘yicha qabul qilinadi. Binolarda kengash zali sig‘imi shtat xodimlari soni 150-250 bo‘lganda 50-60 o‘rin bo‘lishi tavsiya etiladi.
3.7 Sig‘imi 250 xodim va yuqori yirik ma’muriy binolar uchun konfirensiya zallari va estradali tomosha zallari va prezidium xonalari loyihalashtirish topshirig‘ida ko‘rsatiladi. Konferensiya zallarini, estradali tomosha zallarini KMK 2.08.02 orqali amalga oshiriladi.
3.8 Ilmiy tekshirish institutlarining binosidagi konferens zallar, ilmiy kengashning majlis zallari sig‘imi, aspirantlarni mashg‘uloti uchun auditoriya va lingafon kabinetlarni soni va sig‘imi loyihalashtirish topshirig‘i orqali belgilanadi.
Ilova:1 Konfirensiya zallarining sig‘imi 60-80% shtat xodimlari hisobida ko‘zda tutilgan konferensiya zallarida preparator xona (12-15m2) va tovush apparat xona (12-15m2) ko‘zda tutilgan.
2 Aspirantlarni o‘quv mashg‘ulotlari uchun o‘quv auditoriyalari va migafon kabinetlari mo‘ljallangan; o‘quv xonalarini maydoni 10-15 kishiga 35-40m2; 20-25 kishiga 50m2 mo‘ljallangan.
3.9 Arxiv xonasining maydoni saqlanadigan xujjatlarni hajmiga qarab loyihalashtirish topshirig‘iga binoan 2,5m2 hisobidan 1 ming dona saqlash xujjati bo‘yicha qabul qilinadi. Sig‘imi 50-100 kishilik xodimlari uchun 10-12m2, 100-200 gacha 15-18m2, 200-400 gacha 20-25m2 arxiv maydoni qabul qilinishini tavsiya etiladi. Arxiv xonasi maydonida qoida bo‘yicha arxiv xodimlarini ish o‘rni (5-6m2) va keluvchilar uchun ish o‘rni (3m2)
3.10 Ilmiy tekshirish institutlari binolarida ilmiy-texnik xabarlari bo‘limlari va ilmiy arxiv xonalarining maydoni bir shtat xodimiga 0,2m2 hisobidan qabul qilish tavsiya etiladi.
Ilmiy-texnik xabarlari bo‘limi tarkibida xabar xujjatlarini referatlash uchun 6m2 xisobidan bo‘lim xodimlariga va manbaalar bilan ishlash uchun keluvchilarni bir o‘rniga 3-6m2 maydon ko‘zda tutilgan.
Ma’muriy kartoteka xonasining maydoni 1000 kattalik kartochkasi bo‘yicha 0,04m2 hisobidan qabul qilinadi. Xujjatlarni saqlash maydoni 1000 dona saqlash bo‘yicha 2,6m2 hisobidan qabul qilinadi.
Loyihalash tashkilotlaridagi loyiha kabinetlari va texnik arхivlar maydoni loyiha topshirig‘iga asosan saqlanadigan xujjatlarni real hajmidan belgilanadi; taxminan binodagi 200-300 xodimga 36-40m2 2ta xona 100-150 xodimga 30-40m2 maydon ko‘rsatilgan.
3.11 Kutubxonalar maydoni loyiha topshirig‘iga binoan binoning sig‘imi saqlanadigan adabiyotlarni fondidan va o‘quv zalining o‘rin joylari hisobidan belgilanadi. Kutubxonalarni planlashtirish echimlari KMK 2.08.02 talablariga mos kelishi kerak.
Saqlash fondi 25 ming birlikdan kam bo‘lgan kutubxonalarga saqlash zonasi va o‘quv zali yagona xonalar bo‘lishigi ruxsat etiladi. Binolardagi kutubxona uchun mo‘ljallangan maydonlar: 100 xodimga 20-24m2; 150-200 xodimga 30-40m2; 300-400 xodimga 50-70m2. Ilmiy tekshirish instituti binosida 200-300 xodimga tarkibida 30-45 ming tomlik ilmiy kutubxonasi bo‘lgan: kitob ombori, o‘quv zali (20-30 o‘rinli) avanzal abonimenti va o‘quv katalogi bilan kitob beruvchi kafedrasi, yangi adabiyotlar ko‘rgazma zonasi, komplektlash xonasi va mudir kabineti mo‘ljallangan.
Izox: Kitob ombori maydoni: 1000 kitobga 2,5m2,1000 jurnalga 2,7m2 mo‘ljallangan; o‘quv zalida bir o‘ringa 3-5m2, kompyuter o‘rnatishga 5-6m2 nazarda tutilgan.
3.12 Muassasada bir yilda 30 mingdan ortiq xujjat almashinib tursa hisob bo‘yicha 12m2 kam bo‘lmagan ekspeditsiya xonasi bo‘lishi kerak.
3.13 Keluvchilar bilan gaplashish va jamoat tashkilotlari uchun xonalar loyiha topshirig‘i bo‘yicha qabul qilinadi (xona maydoni 15m2 kam emas)
Bir vaqtning o‘zida 3-5 keluvchilarni qabul qilish uchun xonalar maydoni 16-18m2, 7-10 keluvchilarga 25-30m2. Xokimiyatdagi deputatlar kabineti 12-18m2 hisobidan qabul qilinadi. 150-200xodimli binolarda kasaba sayuz va jamoat tashkilotlari xonalarini maydoni 16-18m2, 200-300 xodimlarga 24-30m2 bo‘lishi tavsiya etiladi.
3.14 Xokimiyat raxbarlarining kabinetlarida va qabulxonalarida va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralarida keluvchilarni kutish maydoni bir keluvchiga 1,5-2m2 hisobidan, keluvchilar soni 20 kishi va 10m2 har-bir keyingi keluvchiga (20dan yuqori) nazarda tutilgan eni 2,4m dan kam bo‘lmagan yo‘laklarda kutish o‘rni joylashtirishga ruxsat etiladi. Izoh: Keluvchilarni tahminan soni binoning vazifasi, o‘hshashligiga qarab aniqlanadi.
Shahar va tuman ZAGS bo‘limlariga xodimlarni ishchi xonalari va tantanali ro‘yhatga olish xonalari: Shu bilan birga: 20-24m2 mehmonxona-xolli, 30-36m2 zal kiritilishi lozim. Zagslarni mahsus binolarida-uylar yoki nikoh ahdi saroylarida xonalarni maydoni va tarkibi loyihalashtirish topshirig‘iga binoan belgilanadi. Bunday holda nikohlarni tantanali ro‘yhatga olish zallari maydoni (yordamchi xona bilan) 40-50m2. Ilova: Ro‘yxatga olish xonalarida kutish joyi va sanirar uzellar birgalikda foye (kluar) xisobga olinadi.
3.16 Xodimlar soni 25 kishilik kichik ma’muriy binolardagi ishchi xonalarni maydonini 12-18m2 etib qabul qilish tavsiya etiladi (shu bilan birga rahbar kabineti 16-18m2 o‘rinbosar kabineti 12m2) 15-20 o‘rinli kengash qatnashchiliriga 36m2. Xonalar tarkibi loyihalash topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi. Izoh: Qishloq turar-joylarini ma’muriy binosining tarkibi 5-ilovada, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish binolari-mahalla yig‘ilishlar.6-ilovada, shirkat-sherikchilik hususiy mulkchilik turar-joylari shahar turar-joy fondi binolari xonalari. 7-ilovada, ko‘p qavatli binolariga xizmat qiluvchi turar-joy ekspluatatsiya tashkilotlari 8-ilovalarda berilgan.
3.17 Qishloq kengashi binolarida ZAGS bo‘limi bilan birga 12-16m2 ishchi xonalari va tantanali nikoh aktlarini rasmiylashtirish uchun xonalar (24-30m2 aholi soni 3-5ming kishi va 45-50m2 aholi soni 5ming kishidan ortiq bo‘lsa) nazarda tutilishi kerak. Tantanali aktlar uchun majlislar zali uchun klub zallaridan foydalanish mumkin. 3.18 Soliq tashkilotlari binolarida ishchi xonalaridan tashqari shtat xodimlari uchun: propusklar byurosi, navbatchi qism, keluvchilar uchun qabulxona, deklaratsiya yozish uchun, servis xonalari, bank bo‘linmasi (xonalari tarkibi va maydoni loyihalashtirish topshirig‘ida ko‘rsatiladi) Hisobga olinadi: Servis balans qabul qilish va deklaratsiya xonalarining har birini maydoni 15m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
GIPERMARKET
Gipermarket (boshqa yunoncha ὑpér- “super-” + bozor “bozori”dan olingan anglikizm gipermarketi) - bu universal assortimentdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini, asosan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shaklida sotuvchi savdo korxonasi. Gipermarketning savdo maydoni - 4 mingdan 20 ming m² gacha; assortiment 50-150 ming SKU bilan ifodalanadi. Evropadagi eng yirik gipermarketning maydoni 67 ming m² Rossiya Federatsiyasida, GOST R 51773-2009 ga muvofiq, gipermarket kamida 4000 m² savdo maydoniga ega bo'lishi kerak. Gipermarketlar boshqa o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish do'konlaridan va supermarketlardan, birinchi navbatda, ko'lami bilan farq qiladi. Bular nafaqat yirik chakana savdo maydonlari, balki supermarketlar assortimentidan 3-10 baravar ko'p, ayniqsa nooziq-ovqat tovarlari uchun, odatda 40-50 mingtagacha bo'lgan tovarlarning universal assortimentidir. Assortimentni atipik mahsulot guruhlarini qo'shish orqali oshirish mumkin. Oziq-ovqat gipermarketlarida nooziq-ovqat mahsulotlari umumiy assortimentning 35-50% gacha to'g'ri keladi. Gipermarketlar ham kam badavlat mijozlarga, ham ulgurji xaridorlarga qaratilgan. Gipermarketlar o'z reklamalarida markerli mahsulotlarning arzon narxlari va keng assortimentga e'tibor qaratadilar, tovarlarni sotish bo'yicha turli aksiyalarni o'tkazadilar, xaridorlarga chegirmali plastik kartochkalarni taklif qiladilar. Gipermarketlar yirik savdo markazlarining langar ijarachilari yoki do'kon egalari sifatida harakat qilishlari mumkin. Gipermarketlar uchun to'xtash joyining keng bo'lishi muhim shartdir.