NT =
Bu yerda Ni I turdagi XKni ortacha sutkali uchish soni,loyihaviy xizmat muddatini oxirgi yili uchun qabul qilinadi;
nj XK turining soni;
na-hisobiy tayanchdagi oqlar soni;
kn otsirlikni keltirish koeffitsienti.
Aerodromning bikir bolmagan qoplamalarini konstruksiyalash tamoyillari.
Qoplama aerodromning eng qimmatli qismi. Mamlakatimizning kop rayonlarida mustahkam tosh materiallar yoq, ular uzoqlardan temir yollar va suv yollari orqali tashib keltiriladi. SHuning uchun nobikir qoplamalar qurishda mahalliy toshlardan, mahalliy sanoatning yordamchi maxsulotlaridan foydalanish kerak. Ularni konstruksiyaga shunday joylashtirish kerakki, mustahkamligi etarli, mehnat va boshqa resurslar sarfi kam bolsin.
Qoplamaning qatlamlarini, HK lari turganda kotarilayotgan va qonayotganda asos gruntning harorati va namligi ozgarishlaridan hosil boladigan yonalishlarning chuqurlik boyicha vertikal va gorizontal yonalishlarda sonishiga qarab joylashtirish kerak. Shuning uchun qoplama materiallarining mustahkamligi va sovuq bardoshligi chuqurlikka qarab kamayib borishi mumkin. Chuqurlashgan sari qatlamlarning suv otkazish xususiyati ortib borishi kerak; tasodifan otib qolgan suv turib qolmasin va yaxlamasin. Zarur bolganda qoplama konstruksiyasiga, suvni qochirish uchun qoshimcha qatlam kiritiladi. Konstruktiv qatlamlar soni qurilish ishlarini qiyinlashtirmaslik uchun juda kop bolmasligi kerak.
Qoplamaning yuqori qatlami mustahkam materiallardan quriladi.; u HK gildiraklaridan tushadigan yuklarga reaktiv dvigatellardan chiqadigan issiq gaz oqimlariga yaxshi qarshilik korsatishi kerak. Qoplamaning konstruksion qatlami materiali qancha qimmat bolsa, qatlam qalinligi shuncha yupqa qilinadi, biroq materialdagi yirik tosh olchamidan kamida 1.5 hissa ortiq bolishi kerak. Bunday qatlamlar qalinligi zichlangan holda tajribalardan aniqlangan .
Qoplamaning zaruriy mustahkamligi asos qatlamlarining tegishli qalinligi hisobiga taminlanadi. Ularda mahalliy materiallarni saralab, zarur bolsa, yopishtiruvchi materiallardan ozgina qoshib, shuningdek mustahkamlangan gruntlar ishlatiladi. SHunda grunt asosning tepa qatlami aerodrom qoplamasining muhim elementi hisoblanib, uning mustahkamligi va bir xilligiga yuqori talablar qoyiladi. Grunt asosning etarlicha mustahkam bolmasligini, qoplamaning boshqa qatlamlarini qalinlashtirish bilan qoplab yuborish mumkin emas. Grunt asosning chuqurligi siqiladigan qalinlik chegarasida meyoriy yuklama va hisobiy HK ning gildiragiga tushadigan yuklama toifasiga bogliq .
Bikir bolmagan qoplama yoki suniy asosning konstruktiv qatlamining materiali
|
Qatlamning eng kam qalinligi, sm
|
Asfaltbeton, HK pnevmatik shinalaridagi ichki havo bosimi quyidagicha bolganda (MPa):
0,6 dan kam
0,6 - 0,7
0,7 1,0
1.0 dan ortiq
Chaqiq tosh, mayda tosh, gruntlar (yopishtiruvchi moddalar bilan ishlov berilgan)
Yopishtiruvchi moddalar bilan ishlov berilgan
shimdirish
yarim shimdirish
Mineral yopishtiruvchi moddalar bilan ishlov berilgan gruntlar va boshroq tishlar
Chaqiq tosh va mayda tosh, yopishtiruvchi modda bilan ishlov berilmagan, qum asosga yotqizilgan
Yopishtiruvchi modda bilan ishlov berilmagan, mustahkam asosga yotqizilgan (tosh, yoki yopishtiruvchi bilan mustahkamlangan grunt) Chaqiq tosh
|
5
7
9
12
8
8
4
15
8
|
Meyoriy yuklama toifasi I II III IV V VI
Siqiladigan qatlam chuqurligi,
Qoplama yuzasidan boshlab, m 6 5 4,5 4 3 2
HK ning asosiy tayanchidagi gildiraklar soni
|
Grunt asosining siqiladigan qalinligi chuqurligi, qoplama tepasidan boshlab, asosiy tayanchning bitta gildiragiga tushadigan yuklamalarga qarab, kN
|
250
|
200
|
150
|
100
|
50
|
1
2
4 dan kop
|
5
6
6
|
4.5
6
6
|
4
5
6
|
3
4.5
5
|
2
4
5
|
Aerodrom qoplamasining asosidagi tabiiy grunt yoki tokma gruntning zichlanganligi zichlash koeffitsentlariga javob berishi kerak
Grunt
|
Asos gruntining zichlanish koeffitsienti
|
uchish maydoni yoki xavfsizlik tasmasining grunt qismida
|
aerodrom qoplamasi tagida
|
kapital tur
|
engil tur
|
Qum, qumloq
Qumoq
Tuproq
|
0.98/0.95
1.00/0.95
1.0/0.98
|
0.95/0.95
0.98/0.95
0.98/0.95
|
0.90
0.90
0.95
|
Agar gruntning tabiiy mustahkamligi jadvaldagidan kam bolsa, I-III yol-iqlim zonalarda 1,2 m chuqurlikkacha, IV-V zonalarda 0,8 m chuqurlikkacha (grunt asos yuzasidan boshlab) shibbalash kerak.
Qoplamalarni loyihalashda grunt xususiyatlarini turgunligini taminlaydigan va ularga tabiiy va ekspluatatsiya omillari tasirini kamaytiradigan quyidagi tadbirlar koriladi; toshamada maxsus gidroizolyasiyalovchi, kapillyarlarni uzib qoyuvchi yoki issiqlik izolyasiyalovchi qatlam qurish; yuzadagi suvlarni qochirish va suv oqish drenaj tarmogi qurish yoli bilan grunt asosning barqaror suv rejimini taminlash; bosh gruntlarni barqaror grunt bilan qisman yoki tola almashtirish; gruntlarni mustahkamlash. Qoplamalarni loyihalashda bir nechta variantni ishlab chiqib, qurilish va ekspluatatsiya xarakatlarini taqqoslab, eng yaxshisi tanlanadi. Bunda xarajatlarni qoplash muddatiga etibor beriladi; mukammalroq qoplama qurishning qimmatlashgan narxi necha yilda qoplanishi orqali baholanadi. Muddati eng kam va meyordan oshmagan variant eng yaxshisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |