Bikr va nobikr aerodrom qoplamlarini konstruksiyasi va ularni loyihalash Reja



Yüklə 436 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2022
ölçüsü436 Kb.
#76962
1   2   3   4   5   6
aerodrom2

Oddiy qoplamalar

Oddiy qoplamalar – mahalliy gruntni mustahkamlash yo‘li bilan quriladi. Grunt zichlanadi, suvga bardoshli bo‘ladi, changimaydi va IV-V yo‘l-iqlim zonalaridagi aerodromlarda HK ni ishlatishga yaroqli holga keladi.


Aerodrom qurilishi amaliyotida mahalliy gruntga begona gruntlar, mayda yoki chaqiq tosh qo‘shib mahalliy gruntning donadorligini optimal holga keltirib, bitum, qatron, sement, ohak kabi materiallar qo‘shib qoplama tayyorlash tajribasi ham bor. Mahalliy gruntning donadorlik tarkibi etarli bo‘lmasa yoki qum, chang, tuproq fraksiyalar ko‘p bo‘lsa boshqa grunt qo‘shib mustahkamlanadi. CHang va tuproq unsurlar juda kam bo‘lsa, grunt quruq holatida yopishmaydi, juda ko‘p bo‘lsa, sal nam tortsa, plastik deformatsiyalanishi kuchayib ketadi. Ikkala holatda ham grunt tashqi yuklamalarga qarshilik qilolmaydi, uchish maydonidan foydalanish sharoitlari yomonlashadi.
Namlanish sharoitlari o‘zgaruvchan bo‘lsa donadorligi optimal bo‘lgan gruntli aralashmalar yuklamalarga qarshilik qilish xususiyatini yo‘qotmaydi. Optimal aralashma hosil qilish uchun og‘ir qumoq, changsimon va tuproqli mahalliy gruntga qumli yoki mayda toshli, materiallar, changsimon va qumli mahalliy gruntga qumoq materiallar qo‘shiladi. Namgarchiligi ko‘p rayonlardagi mahalliy gruntga qum va mayda tosh zarralari aralashtirilib, grunt barqaror qilinadi.
Gruntli aralashmalarning optimal tarkibi quyida berilgan.

Aralashma raqami

Elakdan o‘tgan zarralar soni, massadan %, elak teshiklari quyidagicha bo‘lganda, mm

40

20

10

5

2.5

0.63

0.05

1
2
3

100
-
-

60-80
80-95
-

45-65
65-90
90-100

30-55
50-75
70-85

15-35
20-45
25-55

15-35
20-45
25-55

7-20
8-25
8-25

Aerodrom qoplamalariga ishlatiladigan optimal gruntli aralashmalarga suyuq bitum, qatron va sement bilan ishlov beriladi. Bunday qilinmasa, qoplama yuzasidan o‘t o‘sib ketadi. Bitum va qatron gruntni mustahkam va suvga chidamli qiladi. Qoplama qurishda ikki usul qo‘llanadi: sovuq va issiq. Sovuq usulda faqat bog‘lovchilar isitiladi. -80...900S gacha; issiq usulda – 120...1500S gacha. Bog‘lovchi va grunt asfalt qorishtirgichda aralashtiriladi.
Aerodromlarda bitum yoki qatron bilan mustahkamlangan mahalliy gruntdan oddiy qoplama quriladi
Plastiklik soni 3...17 bo‘lgan gruntlar ishlatilishi mumkin; 12 dan yuqori bo‘lsa, ko‘proq bitum qo‘shiladi. Plastikligi 3 dan kam qum va qumloq gruntlardan qoplamaning ostki qatlami uchun foydalanish mumkin. SHo‘rxok gruntlar ishlatish tavsiya etilmaydi.
Gruntlarni mustahkamlash uchun suyuq bitum me’yorlari berilgan.
Qoplamaning eng ko‘p ishlatiladigan uchastkalarining mustahkamligi va tuproqligini oshirish uchun mineral qism massasining 3-4% miqdorida sement yoki so‘ndirilmagan ohak qo‘shiladi (plastiklik soni 7-12 bo‘lgan qumoq tuproq uchun).
Gruntga sement bilan ishlov berilganda, mustahkam va suvga bardoshli karkas hosil bo‘ladi. Bunday ishlov bitumli ishlovga qaraganda ancha mustahkam bo‘ladi. Sement gruntning elastiklik moduli 160MPa gacha etadi, bitum bilan ishlov berilgan gruntniki – 80 MPa dan oshmaydi. Sement gruntli qoplamalarni ob-havo noqulay sharoitlarda qo‘llash mumkin. Bu qoplama qora gruntli qoplamaga qaraganda kam harajat talab qiladi, faqat edirilishga qarshiligi sustroq. SHuning uchun yuzasiga maxsus ishlov beriladi yoki organik bog‘lovchili materialdan qatlam beriladi. Bu qoplamalardan III…V yo‘l-iqlim zonalarida quriladigan aerodromlarda foydalanish ma’qul; asfaltbeton va qora chaqiq toshli qoplamalar asosiga ham ishlatish mumkin.
Sement bilan ishlov berish uchun optimal, tarkibli gruntlar, ularga yaqin engil qumoq va qumloq tuproqlar mos keladi. Tuproqli va qumoq tuproqli gruntlarning maydalanishi va sement bilan aralashishi qiyin, ko‘p senment talab qiladi. Qumli gruntlar sement bilan ishlovdan keyin nam g‘ovak bo‘lib qoladi, mustahkamligi kamayadi.
Grunt ichida chirindilar bo‘lsa, sement bilan mustahkamlash tavsiya etilmaydi, ular qoplamaning mustahkamligi va suvga bardoshliligini ta’minlamaydi. SHuningdek torfli, botqoqli gruntlar, tarkibida 10% gumus, 4 % tuz (suvda eriydigan) va kislotali bir gruntlarni ham sement bilan mustahkamlashga yaramaydi.
Sementgruntli qoplamalar bir va ikki qatlamli bo‘ladi . Bir qatlamlisi hisoblanadi, qalinligi 15 sm dan kam bo‘lmaydi; ikki qatlamlisi 30...35 sm bo‘ladi; markasi 400 dan kam bo‘lmagan portlandsementdan quriladi; asoslar uchun markasini 33 gacha tushirish mumkin; 1m3 sementogruntga sement sarfi taxminan 175...250 kg.

Ishlov berish usuli

Qoplama turi

Zichlangan grunt yuzasiga suyuq bitum yoki qatron qo‘yish

Gruntli, changimaydigan



Gruntli UT da yumshatilgan gruntga suyuq bitum, qatronni freza, grayder va boshqa mashinalar yordamida aralashtirish, yoyish va zichlash

Gruntli, vaqtincha, joyida ishlov berilgan



Gruntni, qizdirmasdan uskuna ichida suyuq bitum yoki qatron bilan aralashtirish, yoyish, tekislash, zichlash

Vaqtinchalik yoki kapital qoplama gruntli asosida uskuna ichida aralashtirib




Sementgruntli qoplamaning tuzilishi.
1 – yuzaga berilgan ishlov; 2 – sementgrunt; 3 – zichlangan grunt; 4 – ko‘p sementogrunt;
5 – asfaltbeton.



Grunt

Namlik, grunt massasidan %

Suyuq bitum sarfi (suvsizlantirilgan)

Massadan %

Zich jismdagi aralashma, kg/sm3

Plastiklik soni 3-7 bo‘lgan aralashma

Plastiklik soni quyidagicha bo‘lgan qumoq tuproq:


7-12
12-17

4-7

6-10
8-10



5-8

8-1
12-14



100-155

155-200
200-250



Sementgruntli qoplamalar mustahkamligi va suvga bardoshligi bilan quyidagi talablarga javob berishi kerak:


28 sutkalik, suvga to‘yingan silindr namuna (D=5sm, N=5,1 sm) larning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, qoplamalar uchun kamida 3 MPa, asoslar uchun – kamida 2 MPa. Bu namunalar va xuddi shunday, lekin quruq namunalar mustahkamliklariga (siqilishdagi) nisbati 0,4...0,6 dan, birinchisining deformatsiya moduli 15-10 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qoplama qurishda sement bilan bir qatorda ohak (izvesto-kipelka, izvesto-pushanka) xam ishlatish mumkin. Bunda gruntning mustahkamligi kamroq bo‘ladi, biroq gruntga qo‘yiladigan talablar o‘sha-o‘sha qoladi. Ohak odamning nafas yo‘llariga salbiy ta’sir etadi, shuning uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilish lozim.
Aerodromlarning oddiy qoplamalarini yuqori sifat bilan qurish lozim. SHuning uchun grunt, optimal aralashmalar, ularning nisbati, aralashtirish tartibi, namligi doim nazorat qilinishi lozim. Materiallarning sifati laboratoriyada tekshiriladi.



Yüklə 436 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin