Asfaltbeton qoplamalar. Asfaltbeton qoplama bikir bolmagan qoplama turlaridan biri. Uning yuzi tekis boladi, turli uchastkalardan turli qalinlikda qurilishi mumkin. Asosan, reaktiv dvigatellarning issiq gaz oqimlari kam tegadigan, yonilgi va moylash materiallari tokilmaydigan elementlarda - RY da, SUQM ning orta qismlarida qollanadi. Reaktiv dvigatellarning gazlari uzoq vaqt (3-4 minutdan ortiq) tasir qiladigan, qoplama harorati 1000S dan oshadigan gaz oqim tezligi 50 km/sek va undan oshadigan uchastkalarda qollash mumkin emas.
Bunday qoplamalarning asosiy qatlami asfaltbeton qatlamdir. Uni chaqiq tosh, qum, mineral kukun va bitumdan oqilona aralashtirib, yotqizib, song muayyan darajada zichlab hosil qilinadi. Tarkibidagi chaqiq tosh, katta mustahkamlikka ega bolgan, monolitning eng katta hajmini oladigan komponentdir. Chaqiq tosh qattiq toshlardan bitum aralashtirib, vulqonli yoki chokma jinslar, domna shlaklardan tayyorlanadi. Jinslarning mustahkamligi, siqilishda 8...12x107n/m2. CHaqiq tosh bir xil bolishi, tarkibida qumoq tuproq bolaklar bolmasligi, changsimon va tuproq zarralari
2 % dan oshmasligi kerak, sovuqqa chidamli bolishi kerak (qattiq va ortacha sovuq sharoitlarda Mr3 350, yumshoq iqlimlarda Mr3 325 markali).
Asfaltbetonlar tarkibidagi qum chaqiq toshlar orasini toldiradi, aralashmani yoyiluvchan, yotqizishga qulay qiladi; tabiiy va maydalangan qum boladi; yirik yoki ortacha zarrali bolishi, changsimon va tuproq zarralari 3 % dan oshmasligi kerak.
Mineral kukun aralashmani issiqqa bardoshli, mustahkam va zich qiladi; ohaktoshlar, dolomitlar, metallurgiya shlaklaridan (mustahkamligi kamida 210 MPa) tayyorlanadi; quruq, toza, govakli bolishi kerak.
Bitum boglovchilik vazifasini bajaradi. Togri tayyorlangan asfalbeton plastik boladi, ayni vaqtda, haroratlar keskin tushganda ham, asos chokkanda ham darz ketmasdan deformatsiyalanadi. Uni yuqorida aytilgan materiallarni qizigan holda, aralashtirgichda qorib tayyorlanadi.
Yotqizish harorati va aralashma tayyorlanadigan bitum haroratiga qarab, asfaltbeton qorishmalar uch xil boladi: issiq, iliq va sovuq.
Issiq asfaltbeton aralashma BID 90/130, BID 60/190 va BID 40/60 markali yopishqoq bitum bilan tayyorlanadi. YOtqiziladigan aralashma harorati 120-1600S bolishi kerak. Iliq asfaltbeton aralashma BID 200/300, BID 130/200 markali yopishqoq bitum yoki BG 70/130, SG 130/200 markali suyuq aralashma harorati 80-1300S bolishi kerak.
Sovuq aralashma SG 70/130 yoki MG 70/130 markali suyuq bitum bilan tayyorlanadi, yotqizilayotganda harorati 5...400S bolishi kerak.
Asfaltbeton aralashmalarni, qoidaga kora, issiq paytida yotqiziladi, chunki shunda qoplama eng mustahkam boladi. Sovuq asfaltbeton aralashmalar aerodromlarda ishlatilmaydi, chunki qoplama yuzasidagi mayda tokchalar reaktiv dvigatelning havo sorgichiga kirib ketishi mumkin. Bu aralashmalardan tasir ishlarida foydalanish qulay; ularning tarkibida tosh miqdori kop, olchamlari ham kattaroq.
Bitum markasini aerodrom qurilayotgan rayonga qarab tanlanadi. Issiq iqlimda qovushqoqligi yuqori bitumlar, yogin-sochin kop boladigan joylarda qoplamani tez shakllantiradigan va monolit qiladigan suyuq bitumlar, slenetsli bitumlar ishlatiladi. Bitumlar sarfi mineral materiallar massasining 4...7 % ni tashkil etadi. Mineral materiallarning namligi optimal bolsa, qoplamaning sifati yuqori boladi. Namligi etarli bolmasa, qoplamaning qovushqoqligi past bolib, tez emiriladi; namlik ortiqcha bolsa, zichlash jarayonida tolqinlar va darzlar hosil boladi; mineral materiallarning tavsiya etiladigan namligi 3...5 %.
Suyuq bitumga qorilgan mayda va chaqiq tosh aralashmalari mustahkamligi va suvda bardoshligi jihatidan quyidagi talablarga javob berishi kerak
Siqilganda mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida 500S da...................... 0.5
Siqilganda mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida 200S da , kamida 0,5....... 0.8
Siqilganda mustahkamlik chegarasi, MPa, osha, suvga toyingan holda, kamida .. 0.5
Massa boyicha suvga toyinganlik, % kopi bilan ......................................................... -3
Kopchilik xajm boyicha % kopi bilan............................................................................ 3
Mayda va chaqiq toshlarni qurilish joyida aralashtirish uchun statsionar va kochma uskunalar ishlatiladi. Buning uchun diskli borona, kultivator, avtogreyder va yol frezalaridan foydalanish mumkin.
Qora qoplamalarni kun issiq paytlarda qurib, shunday tugatish kerakki, havo harorati +100S dan kam bolmay turib 20-30 sutkada shakllansin va yogingarchilikka qolmasin. SHunda bitum bir xil tarqalib, qoplama bir xil va mustahkam boladi.