Bikr va nobikr aerodrom qoplamlarini konstruksiyasi va ularni loyihalash Reja


Qattiq aerodrom qoplamalari uchun ishlatiladigan materiallar



Yüklə 436 Kb.
səhifə6/6
tarix21.12.2022
ölçüsü436 Kb.
#76962
1   2   3   4   5   6
aerodrom2

Qattiq aerodrom qoplamalari uchun ishlatiladigan materiallar.

1. Qattiq turdagi qoplamalar aerodromlarda keng qo‘llaniladi.Ular quyidagi afzalliklarga ega: uchish maydonidagi grunt xolati va yilning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’iy nazar yuqori ko‘tarish qobiliyatiga ega; qoplama yuzasining holati xox quruq bo‘lsin, xox nam, sildirakni tebranishga qarshiligi kichikligi va sirsanishda emirilishi katta; XK lari sildiraklarini ekspluatatsion ta’siridan qoplama yuzasida emirilishi kichik, reaktiv dvigatellarning chiqindi gazlari oqimi ta’siriga, yonilsi moy materiallari ta’siriga qarshiligi yaxshi; qoplama qurilishini mexanizatsiyalashgan usulda va oqimli uslubda olib borish mumkinligi; ekspluatatsion harakatlar nisbatan kichik.


Lekin asosiy material bo‘lgan betonni cho‘zuvchi kuchlanishga qarshiligi kichik, harakat-cho‘ktiruvchi omillarga qarshiligi katta emas, ayniqsa, betonni qotish davrida xali u hisobiy mustaxkamligini egallamagan bo‘lsa qoplamada kuchlanish ortishi mumkin. Qattiq qoplamalarning bu xususiyatlari ishonchli konstruksiyalar tanlashni, beton qoplamalarni salbiy xususiyatlari ta’sirini kamaytiruvchi maxsus tadbirlarni o‘tkazishni talab etadi.
Xarorat ta’siridan qoplamalarni chiziqli o‘lchamlari o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarga qoplama va asos o‘rtasida kuchayadigan ishqalanish kuchi qarshilik ko‘rsatdi. Qoplama va asos o‘rtasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish uchun bitumlashgan qotsozli, pergamentli (moy va nam o‘tkazmaydigan yupqa qotsoz), plastmassa plenka yoki qum–bitum qorishmali ajratuvchi qatlamchalar quriladi.
Harorat va namlik o‘zgarganda monolit qattiq qoplamalarda cho‘zuvchi, siquvchi va egiluvchi kuchlanishlar yuzaga keladi, bu esa plitalarni yorilishiga olib keladi. Bu kuchlanishlarni kamaytiriish va yorilishni oldini olish uchun betonli, armobetonli va temirbetonli qoplamalar bo‘ylama va ko‘ndalang choklar bilan aloxida plitalarga ajratiladi. Agar bunday qilinmasa, u xolda qoplama asossiz ravishda (ixtiyoriy) plitalarga ajraladi, ya’ni yoriqlar to‘ri hosil bo‘ladi va bulardan atmosfera yosinlari ichiga o‘tadi, tabiiy asosni namligini oshiradi va ko‘tarish qobiliyatini kamaytiradi.
Yüklə 436 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin