Aerodromlarni qayta qurishda mavjud nobikir qoplamalarni kuchaytirish.
Bikir bolmagan qoplamalar bikir yoki bikir bolmagan qoplamalar bilan kuchaytiriladi. Bikir bolmagan kuchaytiruvchi qatlam sifatida asfaltbeton, chaqiq toshli, grunt va chaqiq toshli, grunt va mayda toshli (hammasi boglovchi material bilan ishlangan) qoplamalar qollanadi. Ularni qurishda oddiy qoplamalardagi kabi tartib - tamoyilarga rioya qilinadi. Mavjud qoplama yuzasidagi notekisliklar 2 sm dan ortiq bolsa, kuchaytiruvchi materialdan tekislovchi qatlam quriladi. Uning yuzasiga suyuq bitum yoki qatron beriladi (0,2...0,3 kg/m2) natijada mavjud qoplama kuchaytiruvchi qatlam bilan birikib ketadi. Bikir qoplama bilan kuchaytirishda har qanday turdagi qoplama qilinadi. Bunday kuchaytirish ajratuvchi qatlam boylab bajariladi; zarur bolsa (mavjud qatlam yuzasida chuqurchalar, pogonalar 2 sm dan katta notekisliklar bolsa) tekislovchi qatlam quriladi. Uni qum-sement (sement bilan ishlov berilgan nobikir qoplamalarda) yoki qumli asfaltbetondan (nobikir qoplamalarda) quriladi.
Ajratuvchi qatlam ikki qavat pergamindan yoki qalinligi 1 sm qum-bitum gilamchadan iborat boladi. Bunday qatlam yigma qoplamalarni kuchaytirishda qollanmaydi, chunki zavod sharoitida tayyorlangan plitalarning yuzasiga yuqori sifatli ishlov berilgan boladi.
Qattiq bolmagan qoplamalarni loyihalashda ularni tarkibi va havo kemalaridan toshadigan ogirlikni jadalligini hisoblash.
Zamonaviy HK larida yuqori bosimli pnevmatik shinalar ornatiladi. Bu quyidagi zaruratlardan kelib chiqadi: zamonaviy HKning yupqa qanotida yoki fyuzelyajiga sigadigan yupqa gildirakli bolish; HK ning shigov olish oxirida va qongan paytda katta tezlik bilan aylanganda qisqa muddatli katta chozuvchi kuchlar tasir etishi tufayli mustahkam bolish (bunday katta tezliklarda shina ichida bosim past bolsa, majburiy tebranishlar kuchli bolib, shina qizib ketgan va protekor palaxsa-palaxsa bolab ketgan bolardi).
HK lariga qoyilgan bunday talablar SUQM ni loyihalashni murakkablashtiradi, chunki unga katta kuchlar tushirishga togri keladi. Gruntli uchish maydonlari va dala sharoitlaridagi gruntli aerodromlarga ham kop qiyinchiliklar tugiladi, chunki ularda chuqur izlar qoladi.
HK ning asosiy ogirligi tushadigan asosiy gildiraklarda uch xil shina qollanadi: yuqori bosimli va yarimballonli arka turidagi, dum tomonidagi gildiraklarda arka turidagi va yarimballonli. Tumshuqdagi gildiraklarda asosiy va dum gildiraklardan omuxta qilingan shinalar qoyiladi.
Dostları ilə paylaş: |