Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ushbu fanni o’rganishda talabalar o’qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur fani o’qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan.
-maxsus pedagogika yo’nalishlari bo’yicha ma`ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektoron texnologiyalar;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari, usullari, tamoyillari bo’yicha mavzularda o’tkaziladigan amaliy mashg`ulotlarda «Aqliy hujum», «BBB» kabi pedagogik texnologiyalardan;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion mashg`ulotlar tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish bo’yicha amaliy mashg`ulotlarda kichik guruh munosabatlari, «PMK», «FSMU», «Elkan», «3 bosqichli intervyu», «Gamburger» texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.
ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni
Maktabgacha oligofrenopedagogika predmeti, vazifalari, metodlari
Maktabgacha oligofrenopedagogika - maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o’qitish haqidagi fan. SHaxsning shakllanishida maktabgacha tarbiya yoshining ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalashda maktabgacha tarbiyaning roli. Maktabgacha tarbiya yoshi aqli zaif bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda eng senteziv (jadal) davr. Maktabgacha oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, uning defektologiya fanlari tizimidagi o’rni. Maktabgacha oligofrenopedagogika metodlari. Maktabgacha oligofrenopedagogika-ning bugungi kundagi dolzarb muammolari, maktabgacha oligofrenopedagogika atamalari.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari (psixologo-pedagogik tavsif)
Nasliy xususiyatlar, tug`ma layoqatlar, psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy asoslari. Aqli zaif bolaning psixik rivojlanishida maktabgacha davrning ahamiyati. Aqli zaif bolalar rivojlanishi maktabgacha davrining pedagogik jihatdan bosqichlari. Asosiy faoliyatning bolaning psixik rivojlanishiga ta`siri. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarning nuqsonli rivojlanishi. Aqli zaif bolaning psixolog-pedagogik tasnifi. Bolalarning maktabgacha davrdagi axloqiy rivojlanishi xususiyatlari: jismoniy va psixik rivojlanishi. Aqli zaif bolalarning ilk bolalik davridagi rivojlanish xususiyatlari: jismoniy rivojlanishi, predmetli faoliyati, nutqining rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni maktabgacha tarbiya yoshidagi rivojlanish xususiyatlari: bilish faoliyatining rivojlanishi, barcha turdagi faoliyatining rivojlanishi (o’yin tasviriy, mehnat). Aqli zaif bolalarni tarbiyalashning ijtimoiy ahamiyati. Hozirgi vaqtda aqli zaif bolalarni tarbiyalashning holati.
Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari va ularning xarakterli xususiyatlari.
Turli maktabgacha tarbiya muassasalarining vazifasi va funktsiyalari, ularning tuzilish va komplektlash tamoyillari. Nuqsonli bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari nomenklaturasi.
Aqli zaif bolalardagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi va ularning bola yoshiga bog`liqligi.
Dostları ilə paylaş: |