110000 – Pedagogika
5111900 – Defektologiya
Toshkent – 2012
Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil «___» ___________ dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fanning o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Nurkeldieva D.A.
Taqrizchilar:
Muzaffarova F.
Amirsaidova SH.
|
TDPU “Maxsus ta`lim metodikalari kafedrasi” dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
RTM «Maxsus ta`lim» bo’limi bosh metodisti
TDPU “Korrektsion pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi
|
Fanning o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ilmiy-uslubiy Kengashida tavsiya qilingan (2012 yil ______ dagi «__» - sonli bayonnoma)
Kirish
Dasturda talabalarni maktabgacha yoshdagi akli zaif bolalar bilan maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, ularni tashkil etish va bu ishlarning xususiyatlarini urgatish, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarni aqliy nuqsonga ega bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik ishlarning tizimi, tamoyillari, yo’nalishlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi -- aqli zaif bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari bilan talabalarni tanishtirish, aqli zaif bolaning korrektsion rivojlanishida maktabgacha tarbiyaning ahamiyatini ochib berish, talabalarni ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va tahlil qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |