24. O`tli ishq-muhabbat kuylangan asarlarning baxtsiz qahramonlari obraz sifatida olingan asar qaysi va muallifi kim?
25. “Mash’al” romani muallifi kim?
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHIIXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARINING 5-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
I VARIANT
1.Buyruq kutib ularning yuz-ko‘zlariga termulib o‘tirishni odat qiling. Ushbu gapdagi juft so`zga qanday qo`shimchalar qo`shilgan?
A) Ravishdosh B) ko`plik, kelishik
C) egalik, kelishik D) ko`plik, egalik, kelishik
2.Qaysi jarangli tovushlarning jarangsiz jufti yo`q?
A) y,l,m,n,ng,r B) l,m,n,r,x C) y,l,r D) ng,l,y,h,x
3. Qaratqich aniqlovchi qaysi jihati bilan tushum kelishigi qo’shimchasini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi?
A) Qaratqich aniqlovchi doimo egaga bog’lanadi
B) Qaratqich aniqlovchi doimo qaralmishga bog’lanadi
C) Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog’lanadi
D) Qaratqich aniqlovchi doimo kesimga bog’lanadi
4.bulog‘i, qishlog‘i so`zlariga tegishli imlo qoidasini aniqlang.
A) O`zakda hech qanday o`zgarish yo`q
B) o‘zaklarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi q undoshi g‘ ga aylangan C) o`zaklarga kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi q undoshi g‘ ga aylangan D) o`zaklarga kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagig‘ undoshi q ga aylangan.
5. Hammasi faqat birlikda qo’llanadigan otlarni toping.
A) baxt, ko’z, kitob B) quyosh, sut, neft
C) asal, daftar, go’zallik D) ozodlik, bola, qo’l
6. Bugun poyezdda Buxoroga jo’nab ketyapman. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) kelasi zamon D) hozirgi va kelasi zamon
7.Zum o‘tmay hovlida gurs-gurs tovushlar eshitilib, eshik sharaqlab ochildi-yu, uyga birin-ketin uch kishi kirib keldi. Ushbu gapda takroriy so`zlarning gapdagi vazifasini aniqlang.
A) Aniqlovchi, hol B) ega, hol C) to`ldiruvchi, aniqlovchi D) hol
Dostları ilə paylaş: |