Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

4.7. Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar
Shlak, bazalt, qumtosh, karbonatli tog‘ jinslarini eritib, qoliplarga 
quyib, yuqori mustahkam, agressiv va atmosfera muhitiga chidamli buyum 
olinadi.
Yuqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib serg‘ovak 
m aterial-termozit olinadi. Suyuq shlak (1200 - 1400°S), juda kichik 
teshiklardan bosim ostida o ‘tkazilib, issiqlik izolyatsiyasi materiali 
(shlak paxtasi) olinadi. Uning o‘rtacha zichligi 250 - 300 kg/m3, issiqlik 
o ‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,05 W/(m°S).
4.8. Sitallar va ular asosidagi buyumlar
Sitallar - shisha kristallar
shishani qisman yoki to‘la kristallash 
usulida olinadi. Sitall olish uchun shisha xomashyosi va maxsus mineral 
q o‘shilmalar juda toza holda ishlatiladi. Sitallga maxsus xususiyatlar
50


berish uchun kristallanish katalizatorlari - titan, litiy, sirkoniy va shu 
kabilar birikmalari eritilgan holatida aralashtiriladi. Sitall olishda shixta 
qo‘shimcha issiqlik bilan qayta ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va 
muayyan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang, 
krem rangida, shaff^f va xiralashgan bo‘ladi. Ular atmosfera va agressiv 
m uhitlarga, yuqori'iKaroratga bardoshli. Sitallarning siqilishidagi 
mustahkamligi 500MPa, issiqqa bardoshligi 200-700 °S, hatto, 1000 °S 
bo'ladi.
Shlak sitall -
metallurgiya shlaki, kvars qumi va kristallizatorlami 
maxsus xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar titan
fosfor oksidlari, ftor tuzlari, tem ir va marganets sulfatlari massaga 
nisbatan 4—5 foiz qo‘shiladi. Shlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali 
(sayqallangan, polirovkalangan) holda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik 
sirlovchi materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. Shlak sitallning 
o ‘rtacha zichligi 2500-2600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik 500-600 
MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-130MPa, elastiklik moduli 11 -10* 
MPa, ishlatilish harorati 950 °S gacha. Shlaksitall kimyoviy muhitlarga 
chidamli, suv o ‘tkazmaydi, kam yediriladi. U trotuar, yo‘l qoplamalarida, 
bardyur toshlari o‘mida, binolami ichki va tashqi tomonlardan bezashda
devorbop buyumlar sifatida ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin