Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
7.5. Karbonsuvlar almashinuvi. 
7.5.1. Karbonsuvlar almashinuvi bo‗yicha umumiy mulohazalar. 
Ko‗pincha moddalar almashinuvida karbonsuvlarning funksiyasini, faqat 
kimyoviy reaksiyalarni energetik ta‘minotini o‗zi xolos deb tushuniladi. Aslida 
bunday emas. So‗zsiz, organizmda karbonsuvlarning parchalanishi (oksidlanishi) 
natijasida energiya ajralishi yuz beradi, u keyinchalik ATFning makroergik 
bog‗lari yordamida zaxiralanadi, karbonsuvlarning oksidlanishiga bog‗liq bo‗lgan 
holda sintezlangan bu ATFdagi energiya kimyoviy jarayonlarni sodir bo‗lishi va 


129 
organizmning boshqa ehtiyojlari uchun sarflanadi. Lekin karbonsuvlar moddalar 
almashinuvi jaryonida yana bir muhim funksiyani bajaradi, ya‘ni ular lipidlar, 
oqsillar va nuklein kislotalarni biosintezi uchun dastlabki mahsulot vazifasini 
bajaradi. Organik moddalarni birlamchi biosintezi jarayonida karbonsuvlarda 
karbon atomlari o‗zaro bog‗lanadi va energiyani zaxiralanishi yuz beradi. 
Asosan, karbonsuvlarning parchalanishi boshqa barcha organik birikmalar 
sintezini karbon atomlari va energiya bilan ta‘minlaydi. Organizmda 
karbonsuvlarning 
almashinuvi, 
asosan, 
ularni 
oshqozon-ichak 
yo‗lida 
parchalanishi 
va yana besh xil boshqa xildagi jarayonlar, ya‘ni: 
glikogenning 
sintezi va parchalanishi, glyukozaning anaerob va aerob parchalanishi, 
geksozalarning o‗zaro almashinuvi, pirouzum kislotasini aerob metabolizmi, 
glukoneogenez
yoki 
nokarbonsuv mahsulotlardan karbonsuvlarning 
hosil 
bo‗lishini o‗z ichiga oladi. 
 
7.5.2. Karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo‗lida
parchalanishi. 
Kraxmal yoki glikogenning parchalanishi so‗lak amilazasi ta‘sirida og‗iz 
bo‗shlig‗ida boshlanadi. Og‗iz bo‗shlig‗ida dekstrinlar va juda kam miqdorda 
maltoza hosil bo‗ladi. Keyin ovqat me‘daga o‗tadi. Me‘dada amilazaning ta‘siri 
yo‗qoladi, chunki me‘da shirasini muhiti nordon bo‗ladi. Kraxmalning 
parchalanishini muhim fazasi oshqozonosti bezining α-amilazasi ta‘sirida o‗n ikki 
barmoqli ichakda bo‗lib o‗tadi. Bu joyda pH ko‗rsatkichi neytralga yaqin bo‗ladi 
va bunda ferment maksimal faollikka ega bo‗ladi. Ichakda α-amiladan tashqari 
kraxmalni parchalanishida amilo-1,6-glukozidaza va oligo-1,6 glukozidazalar ham 
ishtirok etadi. Maltoza esa maltaza ta‘siriga duch kelib, u maltozani ikki molekula 
glyukozagacha parchalaydi. Ichak shirasi tarkibida saxarozaga ta‘sir etuvchi 
saxaraza fermenti ham bo‗ladi va uni ta‘sirida saxaroza bir molekula glyukoza va 
bir molekula fruktozagacha parchalanadi. Shuningdek, ichak shirasida laktozaga 
ta‘sir etuvchi laktaza fermenti uni glyukoza va galaktozagacha parchalanishini 
ta‘minlaydi. 
Shunday 
qilib, 
polisaxaridlarning 
parchalanishi 
natijasida 
turli 
monosaxaridlar hosil bo‗ladi, ular ichak devori orqali har xil tezlikda so‗riladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin