Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Glyukoza va galaktoza 
boshqa monosaxaridlarga qaraganda tez so‗riladi. 
Boshqa monosaxaridlar diffuziya yo‗li bilan so‗riladi. Monosaxaridlar so‗rilib 
qonga o‗tadi. So‗rilgan monosaxaridlarning 90 % (asosan, glyukoza) ichak 
vorsinkalari kapillarlari orqali qon oqimiga va undan darvoza venasi orqali, eng 
avvalo, jigarga yetkaziladi. Monosaxaridlarning qolgan qismi limfatik yo‗l bilan 
vena tizimiga o‗tadi. Jigarda ichakdan so‗rilgan glyukozaning ancha qismi 
glikogenga aylanadi, u jigar hujayralarida mikroskop ostida yaltirab ko‗rinadigan 
o‗ziga xos shakldagi granula tarzida to‗planadi. 


130 
7.5.3. To‗qimalarda glikogenning sintezi va parchalanishi
Glikogenning sintezi – 
jigarda va mushaklarda sodir bo‗ladi. Bunda 
glyukoza, eng avvalo, geksokinaza fermenti, jigarda esa glukokinaza ishtirokida 
fosforlanishga duch keladi. Keyin glyukoza-6-fosfat fosfoglukomutaza ta‘sirida 
glyukoza-1-fosfatga aylanadi:
 
Glyukoza → Glyukoza-6-fosfat → Glukoza-1-fosfat 
Hosil bo‗lgan glyukoza-1-fosfat glikogenning sinteziga jalb qilinadi. 
Sintezning birinchi bosqichida glyukoza-1-fosfat UTF bilan ta‘sirlanib, 
uridindifosfat-glyukoza (UDF-glyukoza) va pirofosfat hosil qiladi. Bu reaksiya 
glyukoza-1-fosfat-uridiltransferaza tomonidan katalizlanadi: 
Glyukoza-1-fosfat + U T F → UDF-glyukoza + pirofosfat 
Ikkinchi 
bosqichda, 
UDF-glyukoza 
tarkibidagi 
glyukoza 
qoldig‗i 
glikogenning glyukozid zanjiriga ko‗chiriladi. Bunda zanjirga qo‗shiladigan 
glyukoza qoldig‗ining birinchi karboni bilan glikogen zanjiridagi glyukoza 
qoldig‗ini to‗rtinchi karboni o‗rtasida α-(1→4) bog‗ yordamida birikish sodir 
bo‗ladi. Bu reaksiya glikogensintetaza fermenti tomonidan katalizlanadi: 
UDF-glyukoza + Glikogen (n) → Glikogen (n+1) + UDF. 
Hosil bo‗lgan UDF ATF hisobiga fosforlanadi va shu yo‗sinda glyukoza-1-
fosfatning almashinuv sikli qayta-qayta takrorlanaveradi. Glikogenning yig‗ilishi 
qobiliyati (asosan, jigarda va mushakda va kamroq miqdorda boshqa organ va 
to‗qimalarda ham) hisobiga karbonsuvlarning bu organlarda ma‘lum miqdorda 
zaxiralanish imkoni yuzaga keladi. Organizmda markaziy asab tizimini 
qo‗zg‗alanishi natijasida energiya sarfi oshganda, odatda, glikogenning
parchalanishi kuchayadi va glyukozani hosil bo‗lishi (glukogenez) kuzatiladi. 
Markaziy asab tizimini qo‗zg‗alanishida effektor organlar va to‗qimalarga 
nerv impulslarini bevosita uzatilishidan tashqari qator ichki sekretsiya bezlari 
(buyrakusti bezini mag‗iz qismi, qalqonsimon bez, gipofiz va boshqalar)ni 
funksiyasi ham kuchayadi, ulardan ajralib chiqqan gormonlar, eng avvalo, jigar va 
mushaklardagi glikogenning parchalanishini faollashtiradi. 
Glikogenning parchalanishi polisaxaridlarning mobillashuvida muhim 
ahamiyatga ega. Fosforilazalar polisaxaridlar (glikogen)ni zaxira holatdan 
metabolitik faol holatga o‗tkazadi; fosforilaza ishtirokida glikogen ancha yirik 


131 
molekulali bo‗laklargacha parchalanmasdan glyukozaning fosfat efiri (glyukoza-1-
fosfat)ga aylanadi:

6
Н
10
О
5

п

3
РО

→ (С
6
Н
10
О
5

(n-1) 
+glyukoza-1-fosfat 
Bu yerda: (С
6
Н
10
О
5
)
n
-glikogenning polisaxarid zanjiri, (С
6
Н
10
О
5
)
(n-1) 
– aynan shu 
zanjir, lekin u bitta glyukoza qoldiqqa kaltalashgan bo‗ladi.
Glikogenning fosfolitik parchalanishi natijasida hosil bo‗lgan glyukoza-1-
fosfat fosfoglukomutaza ta‘sirida glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Bu reaksiyani 
amalga oshirish uchun fosfoglukomutazaning fosforlangan, ya‘ni uning faol shakli 
bo‗lishi kerak, u glyukoza-1,6-bisfosfat mavjudligida hosil bo‗ladi. 
Glyukoza konsentratsiyasini qon tarkibida doimiy bo‗lishini ikki xil, ya‘ni: 
glyukozaning jigardan qonga o‗tishi va uning qondan to‗qimalarga o‗tib, birinchi 
galda energetik material sifatida foydalanilishi orqali yuz beradi deb hisoblash 
mumkin. To‗qimalarda (jumladan, jigarda ham) glyukoza ikki xil yo‗l bilan: 
anaerob (kislorodsiz sharoitda) va aerob (kislorod ishtiroki shart bo‗lgan sharoitda) 
parchalanadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin