Biokimyo va molekulyar biologiya


bulutsimon hujayralarning ichki  moddasi hisoblanadi va shu joyda sintezlanadi. Bu polisaxarid  jigar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

bulutsimon
hujayralarning ichki 
moddasi hisoblanadi va shu joyda sintezlanadi. Bu polisaxarid 
jigar,
shuningdek, 
teri, o‗pka, me‘daning shilliq pardasida 
bo‗lishi aniqlangan. Geparin tabiiy 
antikoagulyant hisoblanadi. Tibbiyotda trombozlarni, kuyish, yurak-tomir 
kasalliklarini davolashda, shuningdek, qon quyishda qonni stabilizatori sifatida 
qo‗llaniladi. Bu polisaxaridning karbonsuv komponentini α-(1→4)-bog‗li 
disaxariddan tashkil topgan tetrasaxarid fragmentlarini β-glukuron kislotasi va N-


128 
atsetilglyukozamin takrorlanish ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Ulardan 
birini C-2 o‗rnida sulfatlangan L-iduron kislota va N-atsetilglyukozamin bo‗lsa, 
ikkinchisini C-6 o‗rnida sulfatlangan β-glukuron kislota va N-atsetilglyukozamin 
bor. 
 Geparin sulfat – 
kam sulfatlangan polisaxarid bo‗lib, ko‗p miqdorda N-
atsetil guruhlarga, kam miqdorda – N-sulfat guruhlarga ega bo‗lgan xuddi 
yuqoridagi kabi fragmentlardan tashkil topadi. Trombotsitlar va endotelial 
hujayralarning yuza qismida uchraydi, bunday bo‗lishini sababi ularning 
antikoagulant sifatidagi funksiyasi bilan bog‗liq. 
 
7.4.3. Glikoproteinlar va glikopeptidlar. 
Glikoproteinlar 
nooqsil tabiatli qismi karbonsuvlardan tashkil topgan 
murakkab oqsillardir. Bu birikmalarda oqsil o‗ziga xos tavsifli asos hisoblanib, 
unga karbonsuv guruhlari birikadi.
 
Kimyoviy xususiyatlariga mos tarzda 
glikoproteinlar haqiqiy glikoproteinlarga va proteoglikanlarga bo‗linadi. Ular 
orasidagi farq shundaki, haqiqiy glikoproteinlar, odatda 15-20 gacha oligosaxarid 
shaklida 
takrorlanmaydigan 
monosaxarid 
komponentlariga 
ega 
bo‗ladi, 
proteoglikanlar esa juda ko‗p karra takrorlanadigan, asosan o‗ziga xos disaxarid 
tavsifli monosaxarid birliklaridan tashkil topgan bo‗ladi. 
Haqiqiy glikoproteinlarning molekulyar og‗irligi keng chegaradagi kattalikda,
ba‘zan 1 mln Da va undan ham ziyod bo‗ladi. Ularning tarkibida 10 dan ziyod 
karbonsuv komponentlari, xususan: D-galaktoza, D-mannoza, D-glyukoza, N-
atsetilgalaktozamin, N-atseltilgalaktoza, N-atsetilmannozamin, L-fukoza, D-
ksiloza, L-arabinozalar uchraydi. Bu polisaxaridlarning tipik vakili neyramin 
kislota hisoblanadi. Proteoglikanlar molekulyar massasi juda yuqori va oqsil qismi 
mayda bo‗ladi. Ularning karbonsuv qismi: gialuron kislota, xondroinsulfat, 
geparin, geparinsulfat va keratansulfatlardan tashkil topgan. Glikoprotein va 
glikopeptidlarning biologik ahamiyati xilma-xildir. U tanlov asosida «tanish» 
funksiyasi, shuningdek, transport, katalitik va struktura-mexanik funksiyalarini o‗z 
ichiga oladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin