126
birikmalarini 50 % dan ziyod qismi klechatka hisobiga to‗g‗ri keladi. Shuningdek,
bakteriyalar va tuban o‗simliklar tarkibida ham uchraydi. Yog‗ochning 50 %, paxta
tolasini
deyarli 100 %
sellyulozadan tashkil topgan. Sellyuloza ipsimon tuzilishga
ega, u β-D-glukopiranoza qoldiqlarini bir-biri bilan 1→4- bog‗lar yordamida
birikishidan hosil bo‗ladi.
Bu ipsimon molekulalar, odatda, bir-biriga parallel
joylagan bo‗lib, ular vodorod bog‗lari yordamida mikrofibrillarni hosil qiladi.
Sellyulozani qisman gidrolizlaganda disaxarid sellobtoza, to‗liq gidrolizlaganda -
β-D-glyukoza hosil bo‗ladi. Sellyulozani molekulyar og‗irligi 3·10
5
dan 2·10
6
Da
gacha, glukozid
qoldiqlarning soni esa, 2·10
3
dan 1,1·10
4
gacha bo‗ladi.
Mikrofibrillar ular bilan uchraydagan: gemitsellyuloza, lignin,
pektin moddalari
bilan birgalikda o‗simliklarning juda murakkab, ko‗p qavatli tuzilishga ega bo‗lgan
hujayra po‗stlarini hosil qiladi. Sellyulozani amaliy ahamiyati juda katta.
U gazmol, qog‗oz, sun‘iy ipak, ba‘zi plastik massalar va portlovchi moddalar,
emulgatorlar, himoyalovchi kolloidlar va h.k.larning asosiy massasini tashkil
qiladi. Klechatka oshqozon-ichak yo‗lidagi fermentlar yordamida hazmlanmaydi,
chunki odamlarda uni parchalaydigan β-glukozidaza bo‗lmaydi.
Shu bilan
birgalikda aytish o‗rinliki, ovqat tarkibida klechatkaning miqdorini optimal
miqdorda bo‗lgani ma‘quldir, chunki u axlatning
shakllanishida muhim
ahamiyatga ega.
Inulin.
Bu polisaxarid polifruktozanlar guruhiga kiradi. Inulin fruktoza
qoldiqlaridan tashkil topgan.
U yer noki, georgina, artishoklarning tuganaklarida
bo‗ladi va miqdoriy jihatdan 50 %gacha yetib boradi. Inulin ko‗p
miqdorda
topinamburning ildizmevasi va sikoriyning ildizida borligi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: