Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

qaytaruvchi disaxaridlar
va 
qaytarmovchi disaxaridlarga
bo‗linadi. Birinchilariga maltoza, laktoza va 
sellobiozalar kirsa, ikkinchilariga – saxaroza va tregalozalar kiradi. Qaytaruvchi 
disaxaridlarda bitta erkin poluatsetal gidroksili bo‗lgani sababli Feling suyuqligini 
qaytarish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Ularning suvli eritmalarida mutoratatsiya 
kuzatiladi. Maltoza tipidagi disaxarid molekulasi α- va β-shakldagi aralashma 
tarzida mavjud bo‗ladi, bu shakllarni kristall holatda alohida ajratib olish mumkin. 
 Maltoza (
α-D-glukopiranozil-(1→4) -α-D-glukopiranoza) kraxmalni amilaza 
ta‘sirida fermentativ gidrolizi natijasida hosil bo‗ladi. Undirilgan bug‗doy maysasi 
(solod) yoki shu maysaning ekstraktida bo‗ladi, shundan kelib chiqib nomini 
solod 
(sumalak) shakari 
nomi bilan yuritiladi. Sharqda yashovchi xalqlarning sumalak 
tayyorlash va iste‘mol qilishga oid minglab yillik an‘analari aynan shu shakardan 
foydalinish bilan bog‗liq.

Maltoza
 
(
α
-D-glukopiranozil-(1→4) -
α
-D-glukopiranoza)

 
Sellobioza – 
(β-D-glikopiranozil-(1→4) - β–D-glukopirinoza) klechatka 
(sellyuloza)ning asosiy struktura birligini tashkil qiladi. Sellobiozaning asosi β-
shakldagi glyukoza qoldiqlaridan iborat:
 
 

Sellobioza
 (
β
-D-glikopiranozil-(1→4) -
β
–D-glukopirinoza) 


123 
Sellyulozani gidrolizlaganda (kislotali, ishqoriy va va fermentativ) dastlab 
sellobioza, keyinchalik β-glyukoza qoldiqlari hosil bo‗ladi. 
Laktoza
(
β
-D-
galaktopiranozil-(1→4) -
α
-D-glukopiranoza) k
o‗p miqdorda sutning tarkibida (sut 
shakari) bo‗ladi, uni aynan shu mahsulotdan ajratib olinadi. Masalan, qoramol 
sutida uning ulushi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin