Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Karbonil 
guruhi 
ishtirokidagi 
reaksiyalar. 
Aldozalarni 
kuchsiz 
oksidlovchilar ishtirokida oksidlantirganda ulardan tegishli kislotalar, ya‘ni: 
glyukozadan glukon, mannozadan mannon, galaktozadan galakton kislotalar hosil 
bo‗ladi.
D-glukon kislota D-galakton kislota D-mannon kislota
 
Monosaxaridlar C=O bog‗i bo‗yicha osongina 
gidridlanadi 
va bunda ko‗p 
atomli (shakar) spirtlarga aylanadi. Shu yo‗sinda glyukozadan sorbit, mannozadan-
mannit hosil bo‗ladi. Fruktozaning qaytarilishidan epimerlar -D-mannit va D-


119 
sorbitlarning ekvimolar aralashmasi hosil bo‗ladi, chunki bunda ikkinchi karbon 
atomi ham asimmetrik bo‗lib qoladi. Geksozaning C-6 atomidagi spirt guruhini 
oksidlanishidan alduron kislotalar hosil bo‗ladi: 
D-glukuron kislota 
D-galakturon kislota 
Monosaxaridlarning 
fosfat 
kislota 
bilan 
eterifikatsiyasi 
moddalar 
almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi: 
Glyukoza-1-fosfat Glyukoza-6-fosfat 
Hozirgi kunda biokimyoviy jarayonlarda geksoza va pentoza fosfatlar qatori 
geptoza fosfatlar (eng avvalo, sedogeptulozo-7-fosfat) va tetrozafosfat (eritrozo-4-
fosfat va boshqa) larning ahamiyati muhim ekanligi isbotlangan. Agar 
monosaxaridlarning gidroksil guruhlari aminoguruhlarga almashsa, aminoshakarlar 
hosil bo‗ladi. Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan muhim aminoshakarlar 
jumlasiga D-glyukozamin va D-galaktozaminlar kiradi:


120 
D-glyukozamin 
D-galaktozamin 
 
Aminoshakarlar hayvonlar va o‗simliklarning mukopolisaxaridlari tarkibiga 
kiradi, ular xilma-xil glikoprotein va glikolipidlarning komponentlari hisoblanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin