Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

D-Mannoza o‗simliklarda 
yuqori molekulyar polisaxaridlar-yelimlar
gemitsellyulozalar tarkibida uchraydi. Odam va hayvonlar organizmida 
glikoproteinlar tarkibida, mikroorganizmlarda esa ba‘zi kapsula polisaxaridlari 
tarkibida uchraydi. 
Bundan tashqari
monodezoksigeksozalar va didezoksigeksozalari 
va 
ularning hosilalari uchraydi, ular yurak glukozidlarining struktura komponentlari 
hisoblanadi.
 
Shuningdek, bu karbonsuvlarning hosilalari bakteriyalarning 
glikolipidlari va ba‘zi antibiotiklarning tarkibida ham bo‗ladi. 
Geptozalar
(C
7
H
14
O
7
). Bu monosaxaridlar tabiatda xilma-xil turlarga mansub 
organizmlar tarkibida uchraydi. Masalan, o‗simliklardan D-sedigeptuloza, D-
mannogeptuloza va h.k.lar ajratib olingan. Sedigeptuloza fotosintez jarayonida va 
pentoza fosfat siklida fosfat efir shaklida oraliq mahsulot sifatida hosil bo‗ladi.
7.4. Oligo- va polisaxaridlar, xossalari va ularning ahamiyati
7.4.1. Oligosaxaridlar. Disaxaridlar.
Oligosaxaridlar tarkibida 2 tadan 10 tagacha monosaxarid qoldiqlari bo‗lib, 
ular bir-biri bilan glukozid bog‗lar yordamida birikkan bo‗ladi. Oligosaxaridlar 
suvda yaxshi eriydi, shirin ta‘mga ega. Tarkibidagi oddiy shakarlarning soniga 
qarab oligosaxaridlar di-, tri-, tetra- va h.k. saxaridlarga bo‗linadi.
Oligosaxaridlarni nomlashni bir necha tamoyillari mavjud. Ular orasida 
trivial va ilmiy nomlash muhim ahamiyatga ega, masalan, laktozani- β-D-
galaktopiranozil-(1→4)-α-D-glukopiranoza; 
saxarozani–α-D-glyukopiranozil-


122 
(1→2) -β-D-fruktofuranoza deb nomlanadi. Oligosaxaridlar orasida tabiatda keng 
tarqalgani disaxaridlar hisoblanadi. Ba‘zi disaxaridlar bir xil geksoza qoldiqlaridan 
tashkil topgan. Masalan, maltoza, sellobioza va tregalozalar gidroliz natijasida 
glyukozagacha parchalanadi, ularning farqlanuvchi jihatlari tarkibidagi glyukoza 
har xil izomerga mansubligi (α-shakli maltozada, β-shakli sellobiozada), 
shuningdek, bir-biri bilan birikishi har xil bo‗lganligidadir (maltoza va tregaloza). 
Disaxaridlar kimyoviy xossalariga ko‗ra: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin