Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

mutarotatsiya 
deyiladi. Aftidan, mutoratatsiya 
monosaxarid molekulasi asimmetriyasini o‗zgarishi va, demak, uning strukturasini 
transformatsiya tufayli sodir bo‗ladi.
Mutoratatsiya xodisasi karbonsuvning kristall preparati dastlab u yoki bu 
xildagi siklik (yarim atsetal) holatda bo‗lishini, erish jarayonida va vaqt o‗tishi 
bilan uning aldegid shakli orqali muvozanat yuzaga kelgunga qadar boshqa 
tautomer siklik shakllarga o‗tishi bilan bog‗liq. Masalan, suvli eritmalarda 
glyukoza α- va β-glukopiranoza shakllarida bo‗lib, uning juda kam miqdori aldegid 
shaklida bo‗ladi. Quyida suv eritmasida glyukozaning har xil shakldagi xillarini 
o‗zaro almashinuvi holatlari keltirilgan: 
Окси-шакли


117 
Monosaxaridlar – qattiq kristall moddalar bo‗lib, suvda yaxshi va organik 
erituvchi (spirt, efir)larda yomon eriydi (yoki umuman erimaydi). Ularning 
hammasi shirin ta‘mga ega, lekin ularning shirinlik darajasi bir xil emas. Agar 
saxarozaning shirinligini 100 % deb qabul qilinsa, bu ko‗rsatkich fruktoza uchun 
173 % ni, glyukoza uchun 74 % ni, ksiloza uchun 40 % ni laktoza uchun 16 % ni 
tashkil qilgan bo‗lar edi. Barcha monosaxaridlarning suvdagi eritmalari neytral 
reaksiyaga ega.
7.3.2. Monosaxaridlarning fizik va kimyoviy xossalari.
Monosaxaridlar quyidagi reaksiyalarga kirishadi:
1. Yarimatsetal gidroksilga xos reaksiya. 
Yuqorida e‘tirof etilganidek, 
monosaxaridlar, asosan, yarimatsetal shaklda bo‗ladi. Yarimatsetal gidroksil 
yuqori darajadagi reaksion qobiliyati bilan ajralib turadi va spirtlar, karbon 
kislotalar, fenollar va h.k.lar bilan almashinishi mumkin. Reaksiya mahsulotini 
glukozidlar deb yuritiladi:
β-
D-glukopiranoza
Metil
-β-
D-glukopiranoza
β-D-glukopiranozaga sirka kislota bilan ta‘sir etganda atsetillanish mahsuloti-
atsetil-β-D-glukopiranoza hosil bo‗ladi:
β-
D-glukopiranoza
 Atsetil
-β-
D-glukopiranoza
Monosaxaridlarning boshqa gidroksillari ham atsetillanishi va metillanishi 
mumkin, lekin bu reaksiyalar ancha qiyin bo‗lib o‗tadi. Glukozidlarning muhim 
sinflari jumlasiga N-glukozidlar kiradi, ularda glukozid bog‗lanish kislorod orqali 


118 
emas, balki azot orqali yuz beradi. Bu moddalar monosaxaridlarning hosilasi 
bo‗lib, ularning molekulasini glukozil qismi organik birikmaning karbonsuv 
tabiatiga ega bo‗lmagan radikali (R)ni azoti bilan birikkan bo‗ladi. Kimyoviy 
tuzilishi nuqtayi nazardan N-glukozidlar piranoza shaklidagina emas, balki 
furanoza shaklida ham, hamda α- yoki β-shakllarda bo‗lishi mumkin:
N-glikozid (alfa shakli)
N-glikozid (beta shakli) 
N-glikozidlarga asosan moddalar almashinuvini muhim mahsulotlari kiradi, 
ular nuklein kislotalari va nukleoproteinlarni, ATF, NAD, NADF, ba‘zi 
antibiotiklar va h.k.larni parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin