Biokimyo va molekulyar biologiya


Plazmalogenlar (fosfotidallar)



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Plazmalogenlar (fosfotidallar).
Boshqa fosfoglitseridlardan glitserinning C-
1 atomida yog‗ kislota qoldig‗i o‗rniga to‗yinmagan spirtning (12 dan 18 tagacha 
uglerod bo‗lgan) alfa- yoki betta qoldig‗i uchraydi va demak, unda murakkab efir 
bog‗ emas, balki oddiy efir bog‗ yordamida birikish yuz beradi. 
Fosfatidalxolin (plazmalogen)
Plazmalogenlarning 
asosiy 
sinflari 
fosfatidalxolinlar

fosfatidaletanolaminlar
va 
fosfatidalserinlar
hisoblanadi. 
Oddiy 
efir 
bog‗lanishlar suyultirilgan ishqorlar ta‘siriga chidamli, lekin suyultirilgan 
kislotalarda gidrolizlanib, tegishli spirtlarning aldegidlariga aylanadi (bu guruh 
plazmologen-yuqori molekulyar aldegid ma‘nosini bildiradi). 


180 
Plazmalogenlar ayniqsa, 
mushaklar va nerv hujayralari membranalarida
ko‗p uchraydi. Ularni eritrotsitlar tarkibida ham bo‗lishi aniqlangan. Ularning 
glitserofosfoglitseridlar orasidagi umumiy ulushi 25 % ni tashkil qiladi.
Kardiolipinlar. 
Ular polifosfoglitseridlar jumlasiga kiradi. Kardiolipinlar 
mitoxondriyalar, xloroplastlar va bakteriyalarning
membranalari tarkibiga 
kiradi. Kardiolipinlar fosfotidilglitserinlalarning hosilalari hisoblanadi, ularda 
glitserinning ikkinchi qoldig‗ini 3- gidroksili fosfatidil kislotaning fosfat kislota 
guruhi bilan etirifikatsiyalangan bo‗ladi, ya‘ni kardiolipinlar tarkibida uchta 
glitserin qoldig‗i bor. Ularning kimyoviy tuzilishi quyidagicha: 
Kardiolipin 
Kardiolipinlar bakteriyalar membranalarining asosiy komponentlari; ular 
mitoxondriyalar va xloroplastlarning membranalari tarkibiga ham kiradi. 
Kardiolipinlar 
mitoxondriyalarda 
oksidlanuvchi 
fosforlanish
jarayonida 
elektronlarni ko‗chirilishida katta ahamiyatga ega.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin