Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

sovun 
hosil qiladi.
 
9. 4.5. Sterin va steridlar 
Sterin va steridlar tabiatda juda keng tarqalgan birikmalardir. Ular yuqorida 
keltirilgan lipidlardan farqli o‗laroq, 
sovunlanmaydigan 
lipidlar hisoblanadi

Tirik 
organizmlar juda ko‗pdan-ko‗p biokimyoviy va fiziologik jarayonlarda ishtirok 
etuvchi ko‗p sonli steroidlarni ishlab chiqaradi. Sterinlarga masalan, buyrak usti 
bezini po‗stloq qismi gormonlari, jinsiy gormonlar, D guruhi vitaminlari, o‗t 
kislotalari, yurak glukozidlari kiradi. Odam organizmida steroidlar ichida sterinlar, 
ya‘ni steroid spirtlar muhim ahamiyatga ega. Ular siklopentanopergidrofenantren 
yadrosini hosilalaridir. Unda fenantren halqa vodorodga to‗yingan va unga 
siklopentan kondensirlangan bo‗ladi. 
Fenantren
Pergidrofenantren
Siklopentan
Siklopentanopergidrofenantren 
(steroidlarning umumstrukturaviy asosi)
Sterinlarning muhim vakili xolesterin (xolesterol) hisoblanadi, u 
to‗yinmagan spirt bo‗lib, quyidagicha tuzilishga ega:


183 
Xolesterin (xolesterol) 
Hayvon to‗qimalarida xolesterin erkin holda va yog‗ kislotalari bilan hosil 
qilgan murakkab efir-xolesterid holatda uchraydi. Qon plazmasi tarkibidagi 
xolesterinning1/3 qismi erkin, ya‘ni spirt holatida, qolgan 2/3 qismi yog‗ kislotasi 
bilan eterifisirlangan holatda uchraydi. Aynan shu holatda, u yog‗ kislotalarini 
tashuvchisi hisoblanadi. Murakkab efirning hosil bo‗lishi ichak devorlarida yuz 
beradi. Umurtqalilarda xolesterinning 
bachadon, urug‗don, sariq tana va 
buyrak usti bezlarida progesteronga
aylanishi yuz berib, keyinchalik undan 
steroid gormonlar 
(jinsiy) va 
kortikosteroidlarning 
biosintezi amalga oshadi.
Xolesterinning almashinuvini boshqa yo‗nalishi ‒ undan 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin