Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

esterazalar
ham bo‗ladi. 
Fosfolipidlarni parchalanishi qator fosfolipaza ‒ A
1
, A
2
, C, D lar va 
lizofosfolipazalar tomonidan amalga oshadi. Fosfolipaza A

1-o‗rindagi bog‗ni 
gidrolizlasa, fosfolipaza A

2-o‗rinda joylashgan bog‗ni gidrolizlaydi. Fosfolipaza 
A
2
pankreatik
shiradan tashqari reptiliyalar, arilar, chayonlar, chumolilarning 
zaharlari tarkibida ham bo‗ladi. Lizofosfolipaza 1-o‗rindagi bitta murakkab efir 
bog‗ni gidrolizlaydi va uni tegishli glitserofosforil hosilaga aylantiradi. Fosfolipaza 

fosfat kislota va glitserin o‗rtasidagi bog‗ni gidrolizlaydi. Fosfolipaza D qutbiy 
X-guruhning uzilishini katalizlaydi. Steridlar xolinesterazalar ta‘sirida xolesterol 
yoki ergosterollar va tegishli yog‗ kislotalarini hosil bo‗lishi bilan kechadigan 
reaksiyalarni katalizlaydi. 
Gidroliz natijasida hosil bo‗lgan aralashma tarkibida yaxshi emulsiyalangan 
yog‗ kislotalarining tuzlari va sovunlarning anionlari, mono-, di- va triglitseridlar, 
glitserin, xolin, etanolamin va boshqalar bo‗ladi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi 
yog‗larning 40 % to‗lig‗icha glitserin va yog‗ kislotalarigacha gidrolizlanadi, 3-10 
% gacha qismi gidrolizsiz triglitseridlar holatida so‗riladi, qolgani asosan, 2-
monoatsilglitserinlargacha gidrolizlanadi. Glitserin va kalta zanjirli yog‗ 
kislotalari ichaklardagi qon aylanipshini portal tizimi orqali jigarga kiradi
Uzun zanjirli yog‗ kislotalarining ichakdan qonga so‗rilishi uchun o‗t 
kislotalari bo‗lishi kerak. O‗t kislotalarining yog‗ kislotalarni tashilishidagi 
ishtirok etish qobiliyati ularning sirttaranglik faolliklari tufayli monoatsillar va 
sovunlar bilan misella hosil qiluvchi xususiyatlariga bog‗liq. Ichakdagi pH muhiti 
kuchsiz ishqoriy shu sababli o‗t kislotalari tuz shaklida bo‗ladi va shu sharoitda 
ular funksional faollikka ega bo‗ladi. Lipidlar tana harorati sharoitida suyuq 
bo‗lgan sharoitda tez hazmlanib, yaxshi so‗riladi. Fosfat kislota tuz shaklida 
so‗riladi, azotli asoslar esa nukleotidlar (SDF) ishtirokida so‗riladi. Resintezlangan 
triglitseridlar, fosfolipidlar, xolesterin va uning efirlari ichakning epitelial 
hujayralarida oqsillar bilan birikib xilomikronlar (XM) hosil qiladi. Ularning 
zarrachalarini kattaligi yirik (100-5000 nm) bo‗ladi, shuning uchun qon 
kapellarlariga o‗tolmaydi va ichakning limfa tizimiga diffuziyalanadi, u yerdan 
ko‗krak limfasi orqali qon oqimiga o‗tadi. XM qon plazmasidan jigarning hujayra 
oraliq bo‗shlig‗iga erkin diffuziyaladi. 


186 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin