Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

9.4.4. Sfingolipidlar 
Sfingolipidlarning uchta sinfi mavjud: sfingomiyelinlar, serebrozidlar va 
gangliozidlar. Ularning tarkibida glitserin bo‗lmaydi. 
Sfingomiyelinlar.
Ular ancha keng tarqalgan sfingolipidlar bo‗lib, asosan 
hayvon va o‗simlik hujayralari membranalarida uchraydi. Ayniqsa, nerv to‗qimasi 
sfingomiyelinlarga boy, shuningdek, jigar, buyrak va boshqa organlarda ham 
uchraydi. Sfingomiyelinning molekulasini tuzilishi fosfoglitseridlarlarni tuzilishini 
eslatadi. Sfingomiyelinning molekulasida qutbli ―boshcha‖si bo‗lib, u bir yo‗la 
musbat (xolin qoldig‗i) va manfiy (fosfat kislota qoldig‗i) zaryadga ega, hamda 
unda ikkita qutbsiz ―dum‖ (sfingozinning uzun zanjiri va yog‗ kislotasining 


181 
radikali)dan tashkil topgan. Shuni qayd etish joizki, ba‘zi sfingomiyelinlarda, 
masalan, miyadan va taloqdan ajratib olingan sfingomiyelinda sfingozin o‗rniga
digidrosfingozin (qaytarilgan sfingozin) spirti uchraydi. Ularni gidrolizlaganda bir 
molekula yog‗ kislotasi, bir molekula to‗yinmagan spirt sfingozin, bir molekula 
azotli asos va bir molekula fosfat kislota hosil bo‗ladi: 
Sfingomiyelindan xolinni ajratib olib, qolgan qoldiqni bo‗lganda, seramid 
deyiladi.
 
Serebrozidlar. 
Ular seramidning hosilalari, ya‘ni seramidmonosaxaridlar 
hisoblanadi. Bu biofaol moddalar sfingomiyelinlardan tarkibida fosfat kislota ham, 
xolin ham bo‗lmasligi bilan farqlanadi. Ularning tarkibiga geksoza, odatda, D-
galaktoza kiradi, u sfingozin spirtining gidroksil guruhi bilan efir bog‗ orqali 
birikadi. Bundan tashqari serebrozid tarkibida yog‗ kislotasi ham bo‗ladi. Yog‗
kislotalari orasida lignoserin, nervon va serebron kislotalar ko‗proq uchraydi. 
Sxematik jihatdan serebrozidning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Sfingozin ‒ CH

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin