Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
10.4.4. B

vitamini (piridoksin, antidermatit vitamin) 
B
6
vitamini 1934-yilda P.P.Derdi tomonidan aniqlangan bo‗lib, ilgari ma‘lum 
bo‗lgan suvda eriydigan tiamin, riboflavin va nikotin kislotasi vitaminlaridan farqli 
o‗laroq, bu vitamin kalamushlarning oyoqlarida uchraydigan dermatitning 
akrodiniya 
deb nomlangan maxsus shaklini davolovchi vosita sifatida ma‘lum 


207 
bo‗ldi. Kimyoviy jihatdan ushbu vitamin 3-gidroksipirimidinning, xususan, 
vitaminlik faolligi bir xil bo‗lgan 2-metil-3-gidroksi-4,5-piridoksini, piridoksali va 
piridoksaminni kabi hosilalari bo‗lib chiqdi: 
Bu birikmalar organizm uchun juda muhimdir. Piridoksalning fosforli efiri-
piridoksalfosfat koferment sifatida aminokislotalarning dekarboksillanishi, 
transamin-lanishi transsulfalanishi, gemoglobin, purin asoslari, kreatinlarning 
sintezlanishi va yog‗larning almashinuvlarida ishtirok etadi. 
B
6
vitamin avitaminozi dermatit, gipoxromli qonsizlik, taloqning va 
qalqonsimon bezning shikastlanishlari orqali namoyon bo‗ladi. Hayvonlarda 
o‗sishning sustlashuvi va markaziy asab tizimining shikastlanishi kuzatiladi, bu esa 
keyin 
tutqanoq 
tarzida 
namoyon 
bo‗ladi. Shuningdek, bu holatda 
aminokislotalarning va B
12 
vitaminini ichak devorlari orqali so‗rilishi izdan 
chiqadi. 
B

gipovitaminozi ishtahani yo‗qolishi, ko‗ngil aynish, nimjonlik, terida 
dermatitning rivojlanishi, xotirani pasayishi va asab tizimini izdan chiqishi bilan 
tavsiflanadi. 
B
6
vitamini bug‗doy kepagi, pivo achitqisi, arpa, makkajo‗xori, jigar, go‗sht 
tarkibida ko‗p miqdorda uchraydi. Odamning kunlik ehtiyoji 2-3 mg ni tashkil 
qiladi.
 
10.4.5. Vitamin B

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin