229
56-§. ANTROPOLOGIYA – ODAM EVOLUTSIYASI
HAQIDAGI FAN
Odam – biologik evolutsiyaning
eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy
mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli,
avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish,
ularni
baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday
axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi,
jamiyat
taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.
Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik
mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi.
Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fi krlar asosan molekular
biologiya,
sitologiya, solishtirma anatomiya, fi ziologiya, embrio logiya va
paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi
bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini
isbotlovchi dalil
hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar
kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi.
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud:
7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l
va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari,
alveolalar, diafragma, 4
kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap
aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi.
Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning
chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan
dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini
harakatlantiruvchi
muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq,
quloq suprasidagi Darvin
do‘mboqchasi va boshqalar kiradi (121-rasm).
Dostları ilə paylaş: